Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev o‘zining avtohalokatga uchragani haqidagi xabarlarni rad etdi




Telegram messenjerida xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ulug‘bek Rahmatullayev Instagram’dagi sahifasida qoldirgan xabari orqali bu kabi gap-so‘zlarni rad etib chiqdi.
Shunday ulug‘ ayyom kunda bunday buzuq niyatli insonlarga Alloh insof bersin! Qanday qilib bunday gapni o‘ylab topish mumkin, bilmadim”, — deb yozadi Ulug‘bek Rahmatullayev.

Xudoga shukr, soppa-sog‘man. Bu suratdagi mashinalar egalari kimligini bilmadim, ammo Alloh ularning ishini oson qilsin, qolganlarga esa insof bersin!”, — deya qo‘shimcha qilgan xonanda.

Avvalroq Telegram messenjerida xonanda Sardor Rahimxonning vafot etgani haqida asossiz xabarlar tarqatish orqali Telegram-kanallarga yangi obunachilarni to‘plash amaliyoti boshlangan, biroq xonanda bu kabi xabarlarni rad etib chiqqan edi.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.07.2016)
Просмотров: 655 | Теги: instagram, Ulug‘bek Rahmatullayev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar