05:53 Xonanda Umidaxon Hojiyeva: Bu mish-mishchilar yaqinda meni bolali ham qilib qo‘yishadi | |
![]() Xonanda Umidaxon Hojiyeva u haqda turli mish-mishlarni tarqatayotgan kishilardan nolidi. Xonanda bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Yo‘l-yo‘lakay” ko‘rsatuvidagi ishtiroki vaqtida aytib o‘tdi. U Instagram’dagi sahifasida ko‘rsatuvdan parcha e’lon qilgan. “To‘yingiz bo‘layotgan ekan, deyishdi. ‘Voy o‘lay, qachon, qaysi sanada, men ham bilay, boraman’, dedim”, — deydi Umidaxon. “Yaqinda bolali ham qilib qo‘yishadi”, — deya qo‘shimcha qildi o‘zi haqidagi mish-mishlarga izoh berarkan Umidaxon Hojiyeva. Xabar berishlaricha, “Yo‘l-yo‘lakay” ko‘rsatuvining Umidaxon ishtirokidagi soni 12-noyabr, shanba kuni 19:30 da namoyish etilishi kutilmoqda. | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|