Xubeyda koronavirusga chalinganlar soni 54 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyning Xubey provinsiyasida bir sutka davomida yangi turdagi COVID-10 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 2420 kishiga ortdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha mintaqaviy komissiya  xabar berdi.

Shunday qilib provinsiyada kasallikka chalinganlarning jami soni 54 406 kishiga yetdi.

Bundan tashqari, bir sutka ichida Xubeyda koronavirus oqibatida 139 kishi vafot etgan. Provinsiya bo‘ylab virus oqibatida jami vafot etganlar soni 1457 kishini tashkil etmoqda. Shuningdek, 4774 bemorga shifoxonadan javob berilgan.

South China Morning Post nashrining yozishicha, butun dunyo bo‘lab koronavirus oqibatida 1523 kishi vafot etgan. Jami kasallanganlar soni 66 894 kishini tashkil etmoqda. 7820 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Xitoydan tashqaridagi uch hududda o‘lim holati qayd etilgan: Gonkong, Yaponiya va Filippin

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 2020-yilning yanvar oyidan boshlab 13-fevral kunigacha  850 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan edi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirus O‘zbekistonga kirib kelsa, uning oldini olish uchun tegishli shifoxonalarda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar  zaxirasi ajratilgani aytgan edi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun  tayyor emasligini ta’kidlagan. Qashqadaryoda  189 kishi koronavirusga qarshi tibbiy kuzatuvga olingan.



Категория: DUYNO XABARLARI
Просмотров: 688 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz