Yangi Ravon Nexia komplektatsiyalari haqida ma’lumotlar oshkor bo‘ldi


Yangi Ravon Nexia komplektatsiyalari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Auto.mail.ru”.

Mashina uzunligi – 4330 mm, kengligi – 1690 mm, balandligi – 1505 mm, g‘ildiraklar bazasi – 2480 mm.Avtomobil boshlang‘ich komplektatsiyasida gidrokuchaytirgich va konditsioner yo‘q. Yukxonasi salondan ochiladi, tumanga qarshi faralari va orqa chirog‘i, 14 dyuymli g‘ildirak disklari bor. Optimum versiyasidan boshlab bitta o‘t oldirgich kaliti va eshiklar qulfi mavjud. Elegant komplektatsiyasida esa rul gidrokuchaytirgichi, yukxonani yorituvchi chiroqcha, yagona o‘t oldirish kaliti va eshiklar qulfi, konditsioner, Clarion CD/MP3 avtomagnitolasi, USB ulagich, to‘rtta kolonka bo‘ladi.100 km/s tezlikka erishishi uchun 11,9 soniya talab qilinadi, 100 kilometrga shahar ichkarisida yonilg‘i sarfi 7,7—8 litrni tashkil etadi.Avvalroq yangi Nexia’ning narxi 379 ming rubl (6 ming dollar)dan 529 ming rubl (8 400 dollar)gacha ekanligi xabar berilgan edi.Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada Uz-Daewoo o‘rniga kelgan yangi Ravon brendi taqdimotini o'tkazgan edi. Endi o‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchining mahsulotlari xorijda shu brend ostida sotiladi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3132 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:43
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz