Yanvar oyi oxirida Islom Karimov ishlagan xonani bevosita ko‘rish imkoni bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligiga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 25 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra Islom Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.

2017 yil davomida bino va uning tashqarisida bunyodkorlik ishlari olib borildi. Bino qarshisiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov siymosi aks etgan haykal o‘rnatildi. 2017 yilning 31 avgust kuni ushbu haykalning ochilish marosimibo‘lib o‘tgan edi. Ayni damda ushbu majmua toshkentliklar va viloyatlardan tashrif buyuruvchilar, xorijlik mehmonlar uchun ajoyib ziyoratgohga aylangan.

Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab, joriy yilning yanvar oyi oxirida muzey o‘z eshiklarini ochishi kutilmoqda. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmua rasmiylari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muzeyni tashkil etishda uy-muzey yo‘nalishidan foydalanilgan bo‘lib, Birinchi Prezidentning xonasi, ish stoli, undagi detallar qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qolingan. Hatto, bino ichidagi mebellar, buyumlar, Islom Karimov faoliyat yuritgan davrga bog‘liq hech narsa olib chiqib ketilmagan.

Muzey uchta zaldan iborat bo‘ladi: kichik zal, katta zal va ko‘rgazmalar zali.

Ayni damda binoda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Binoda Islom Karimov faoliyat yuritgan xonaning qarshisidagi xodimlar xonalari birlashtirilib, ko‘rgazmalar zaliga aylantirilmoqda.

Tez orada muzey bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni taqdim etamiz.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Islom Karimov
Просмотров: 1415 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:44
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz