Главная » 2016 » Август » 19 » Yaralangan 5 yoshli bola Suriyadagi urush timsoliga aylandi (video)
21:28
Yaralangan 5 yoshli bola Suriyadagi urush timsoliga aylandi (video)




Amerikaning CNN telekanali boshlovchisi Keyt Bolduin jonli efirda Suriyada havo hujumi paytida yaralangan 5 yoshli Omran Dakneesh haqidagi xabarni o`qiyotganda o`zini yig`idan to`xtata olmadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Bola bombardimondan tirik qolgan va “Tez yordam” mashinasida kasalxonaga olib borilgan. Teleboshlovchi aksariyat 5 yoshli bolalar maktabga borishni orzu qilayotgan bo`lsalar, suriyalik bolakay esa tirik qolish, yashash uchun kurashayotganini ta`kidladi.

Shundan keyin boshlovchi Keyt Bolduin bir nafas jim qoldi va chuqur xo`rsingancha telesuflyorga qarab, Omran haqida gapirishda davom etdi:

“Biz bu aviahujum ortida kim turganini bilmaymiz. Vayronaga aylangan uy tagidan Omran va uning oila a`zolari qutqarilgan. U tirik. Biz bu haqda sizga xabar berishni istadik”.

The Telegraph muxbiri Rafael Sanches tomonidan suratga olingan Omranning rasmi ijtimoiy tarmoqda jadal sur`atlar bilan tarqalib, Suriyadagi urush timsoliga aylandi.




Прикрепления: Картинка 1
Категория: DUYNO XABARLARI | Просмотров: 911 | Добавил: AdminoFF | Теги: yaralangan bolla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: