Главная » SPORT YANGILIKLARI

Yevropa chempionlar ligasi. Bugun 1-tur o’yinlari start oladi





Bugun Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi o’yinlarining dastlabki turidan o’rin olgan 8ta uchrashuv bo’lib o’tadi, deb xabar beradi “championat.asia”.

Parijda Fransiya chempioni PSJ klubi Angliyaning «Arsenal» klubini qabul qiladi. Ukrainada «Dinamo Kiyev» — «Napoli» uchrashuvi bo’lib o’tadi. SHotlandiyaning «Seltik» klubi Kataloniyada «Barselona» mehmoni bo’ladi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» klubi o’z muxlislari qarshisida «Borussiya M» bilan kuch sinashadi.

O’tgan mavsum Rossiya chempionatida sensaciya qayd etgan «Rostov» klubi bugun Myunxenda «Bavariya» bilan o’ynaydi. Musobaqaning o’tgan yilgi finalchisi Madridning «Atletiko» klubi Gollandiyada PSV mehmoni bo’ladi.

Barcha o’yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

«A» guruhi
23:45 — PSJ — «Arsenal»
23:45 — «Bazel» — «Ludogorec»

«B» guruhi
23:45 — «Dinamo Kiyev» — «Napoli»
23:45 — «Benfika» — «Beshiktosh»

«C» guruhi
23:45 — «Barselona» — «Seltik»
23:45 — «Manchester Siti» — «Borussiya M»

«D» guruhi
23:45 — «Bavariya» — «Rostov»
23:45 — PSV — «Atletiko M»

Источник: gooper.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (13.09.2016)
Просмотров: 337 | Теги: Yevropa chempionlar ligasi - 2016 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar