Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Yigitali buyuk erkakning ortida ayyor ayol tura olmasligini aytdi




Aktyor Yigitali Mamajonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida xonanda, sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon bilan nima sababdan ajrashganiga qisman to‘xtalib o‘tdi. 

Xususan, Shohida Uzoqova aktyorga shunday savol berdi:

“Savolim sizga biroz og‘ir botishi mumkin. Farzand Allohning mo‘jizasi. Siz nima bo‘lgan tadqirda ham oilani saqlab qolishingiz kerak edi. Nega bunga harakat qilmadingiz?”

Yigitalining ushbu savolga javobi quyidagicha bo‘ldi:

“Inson birovning hayotini bilmasdan turib bunaqa xulosaga kelishi noto‘g‘ri. Har bir inson boshidan o‘tganini o‘zi biladi va har kimning o‘z haqiqati bor. Harakat qilmadi, degan qarorga kelish mening haqiqatimga to‘g‘ri kelmaydi. Men bolalarim otasiz o‘smasligi uchun urindim, chunki o‘zim 8 yoshda otadan yetim qolganman. Otasiz qancha qiyinchilikni ko‘rib ulg‘ayganim faqat o‘zimga ayon va doim niyat qilardimki, farzandlarimni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman deb. Hayotda biz o‘ylamagan va bizga tegishli bo‘lmagan narsalar ko‘p bo‘lar ekan. Haligacha dadam bilan kulishib nonushta qilgan baxtli damlarimni ko‘z oldimga keltiraman va farzandlarim bilan ham shunaqa samimiy munosabat o‘rnataman, derdim. Nimaga biz bolalarimizni to‘liq oila mehrini his qilishidan mahrum qildik? Meni birga yashashni xohlamaydi, deb o‘ylaysizmi? Farzandlarimni qanchalik yaxshi ko‘rishim faqat o‘zimga ayon. Men ularning ham otasiz katta bo‘lishini umuman istamaganman. Hatto xayolimga ham keltirmaganman. Oilani saqlab qolish faqat erkak kishining qo‘lida bo‘lganida men bor-yo‘g‘imdan voz kechib bo‘lsa ham oilamni saqlab qolardim. Bunaqa gaplar bo‘lishini oila qurishdan oldin ham sezganman, lekin men shu insonni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor edim. Bunaqa yo‘qotishlarni bilib turib ham qanaqa kurashmasligim mumkin? Boshida men shunchaki taqdir ekan, deb ketganim yo‘q, haqiqiy erkak qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qildim, ammo natija men kutganchalik bo‘lmadi. Boshimga tushganini men hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman”.

“Menga oxirgi vaqtlarda shu savol juda ko‘p berilyapti, — so‘zida davom etdi san’atkor. — Ajrashishimizga jiddiy sabablar bo‘lganki, biz shu taqdirni tanladik. Shaxsiy hayotda aslida nima bo‘lganini, aytganimdek, faqat o‘zimiz bilamiz. ‘Nimaga oiladagi tushunmovchiliklarga ko‘z yummadingiz?’ deyishadi. Nega ko‘z yumish kerak? Me’yordan oshib ketganda ham jim qarab turish kerakmi? Men, Yaratganga shukr, musulmon oilada katta bo‘lganman va bizning oilada erkak kishi hukmron bo‘lgan, ayol emas! Har bir buyuk erkakning ortida oqila va dono ayol turgan bo‘ladi, ayyori emas”.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (07.07.2016)
Просмотров: 679 | Теги: Yigitali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar