Yigitali o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan Instagram orqali tabrikladi


Bugun, 1 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonovning farzandlari Islom va Imron tavallud topgan kun. Shu sabab ijtimoiy tarmoqlar Rayhonning o‘g‘illari bilan tushgan surati bilan to‘lib toshyapti, hatto, taniqli shou-biznes vakillari ham Rayhonni qutlash bilan band.
 
Tabriklar orasida Rayhon G‘aniyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovning o‘g‘illariga ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llagan tilaklari e’tiborimizni tortdi.
 
“Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin, o‘g‘illarim! Mening polvonlarim, albatta, bu tabriklarni tushunish senlarga erta. Lekin katta bo‘lib o‘zingiz o‘qiysiz. Tanu joningiz sog‘ bo‘lsin hamisha. Katta yigit bo‘lib, ota-onam deydigan, imonli, e’tiqodli, qalbi pokiza, ibratli, halol inson bo‘linglar”, deb yozadi Yigitali Mamajonov.
 
Ushbu tabriklar tagiga o‘z izohini qoldirayotgan internet foydalanuvchilari esa Yigitalining turmush o‘rtog‘i bilan yana yarashishi, farzandlar kamoli uchun ikkisi ham o‘tgan ishlarga ko‘z yumishi kerakligini aytishmoqda. Bu izohlarga nisbatan Rayhon G‘aniyeva ham, Yigitali Mamajonov ham javob qaytargani yo‘q.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Rayhon G‘aniyeva, Yigitali Mamajonov
Просмотров: 4877 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz