“Yil imomi – 2022” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

Kecha, 29-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida respublikamizdagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-xatiblar musobaqaning Respublika bosqichida tafsir, aqoid, fiqh, islom tarixi, hadis ilmlari, Movarounnahr allomalari hayoti va ijodiga oid savollarga javob berishgan hamda o‘z faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlarini taqdim etishdi.

Musobaqa qatnashchilarining chiqishlari malakali hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezonlari asosida munosib tarzda baholab borildi.

Unga ko‘ra:

Musobaqa g‘olibi – Andijon viloyati “Gʻishtli” jome masjidi imom-xatibi Botirjon domla Tojiboyevga Haj safari yo‘llanmasi;
2-o‘rin sohibi – Namangan viloyati “Eshon bobo” jome masjidi imom-xatibi Ibodullo domla Usmonovga Umra safari yo‘llanmasi;
3-o‘rinni egallagan Toshkent shahar “Islom Nuri” jome masjidi imom-xatibi Ahadxon domla Sobirovga 10,5 mln. so‘m pul mukofoti topshirildi.

“Bu yilgi ko‘rik-tanlovning boshqalaridan farqi shundaki, qo‘yilgan sovrinning darajasi juda yuqori. Muftiy hazratlarining (Nuriddin Hoji Xoliqnazarov – tahr.) tashabbuslari bilan g‘olib ishtirokchiga Haj safariga, ikkinchi o‘rin sohibiga esa Umra safariga yo‘llanma beriladi. 3-o‘rin sohibi esa Vaqf hayriya-jamoat fondi tomonidan 10,5 mln. so‘m mablag‘ bilan mukofotlanadi”, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2 116 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda 12 ta yangi masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirilgan. Ayni kunlarda 325 ta masjid qaytadan qurilmoqda.
Ta’kidlash joizki, masjidlar holatini yaxshilash va imom-xatiblar tomonidan xalqimizning diniy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Mazkur yo‘nalishda yil boshidan shu paytga qadar 170 mingta uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilgan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: respublika, bosqichi, 2022, imomi, ko‘rik, yakunlandi, tanlovining, yil
Просмотров: 140 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz