Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Yo'l qoidalarini buzgan piyodalarga solinadigan jarima miqdori tasdiqlandi


O'zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo'l harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma`muriy jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to'ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to'g'risidagi qarorni 2016 yil 23 sentyabr' kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev imzolagan. U, 24 sentyabrdan kuchga kiradi, deya habar qilingan Halq so'zi gazetasida. 

Kodeksning yangilangan 138 moddasiga muvofiq, endilikda, piyodalarning avtomobil' qatnov qismini kesib o'tish chog'ida, telefondan foydalanishi, kitob, davriy nashrlar o'qishi, video yoki audiomateriallarni ko'rishi va tinglashi hamda diqqatni susaytiruvchi boshqa elektron jihozlardan foydalanishi, bu holat mahsus piyodalar o'tish joyida amalga oshirilgan taqdirda ham eng kam oylik ish haqining uchdan biri (1 oktyabrdan — 49925 so'm) miqdorida jarima solishga asos bo'ladi.

Bundan tashqari, yo'lovchilarning qo'ldan boshqa tana a`zolarini yoki qismini transport vositasining harakati chog'ida salon tashqarisiga chiqarishi eng kam oylik ish haqi miqdorida (1 oktyabrdan 149775 so'm) jarima solinishiga sabab bo'ladi. 

Источник: kun.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: admin9777 (24.09.2016)
Просмотров: 619 | Теги: Yo'l qoidalarini buzgan piyodalarga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar