Yoshi yuzdan oshgan onaxonlarni 8-mart bilan tabriklashdi

Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan xayrli ishga qo‘l urdi: qo‘mita faollari joylarda bo‘lishib, yoshi yuzdan oshgan onaxonlar holidan xabar olishdek ezgu ishlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Turkiston Press xabar berdi. Yaqinda bir guruh faollar mamlakatimizning eng chekka hududida istiqomat qilayotgan Saragul momo Avezova xonadoniga tashrif buyurishdi. Ular momoni bayram bilan tabriklashib, esdalik sovg‘alarini topshirishdi. Xorazmnning Do‘simbiy qishlog‘ida yashovchi 104 yoshni qarshilayotgan Saragul momo Avezova o‘tgan umri davomida uch nafar o‘g‘il va ikki nafar qizni voyaga yetkazdi. Hozirda u yigirma yetti nafar nevara va o‘ttiz sakkiz nafar chevara qurshovida qarilikning totli kunlarini boshdan kechirmoqda. — Mendek bir momoni esga olib, bayram bilan qutlashgani ko‘nglimni tog‘dek ko‘tarib yubordi. Bu e’tibor va g‘amxo‘rlikdan to‘g‘risi ko‘zlarimga sevinch yoshlari keldi, — dedi Saragul momo.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: 8-mart, onaxon
Просмотров: 1075 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:19
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz