Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

YouTube’da O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyatiga bag‘ishlangan “E’zoz” hujjatli filmi e’lon qilindi





YouTube’da “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan 2015-yili O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “E’zoz” hujjatli filmi e’lon qilindi.

Filmda mustaqillikni qo‘lga kiritishda O‘zbekiston xalqi boshidan kechirganlari tarixiy sanalar va hujjatlar asosida ochib berilgan, deyiladi O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi axborotida.

E’tiborli tomoni, filmda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yoshlik yillari alohida sahnalashtirilgan.

Hujjatli film jurnalist Komiljon Shamsiddinovning ssenariysi asosida rejissor Akrom Mahkamov tomonidan suratga olindi. Film operatori — Muzaffar Yusupov.

Filmda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati, O‘zMTRK, O‘zbekiston Kinofotofonohujjatlari davlat arxivi materiallaridan foydalanilgan.






Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (08.09.2016)
Просмотров: 604 | Теги: Islom Karimov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar