YPX xodimining qoidabuzarligi tanqidga uchradi


So‘nggi vaqtlarda Voditeli Tashkenta guruhi ancha tinchlanib qolgan edi. Guruh foydalanuvchisi Sunnatilla Madjidov’ning joylagan surati tin olgan muhokamalarni yana jonlantirib yubordi. Suratda YPX xodimi boshqarib ketayotgan Chevrolet Lacetti rusumli xizmat avtomobili O‘zbekiston Respublikasida belgilangan Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga zid tarzda qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi yo‘l chizig‘ini bosgancha, bamaylixotir yo‘lning narigi tomoniga o‘tib borayotgani tasvirlangan.

Surat muallifi voqeaning ishonchliligini ta’minlash maqsadida avtomobilning raqamini ham ilova qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu surat Shahar 1-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi qarshisidagi Qoratosh ko‘chasida tushirilgan.  Guruh a’zolari esa mazkur voqea yuzasidan o‘z fikr-mulohalarini bildirar ekanlar,  avtomobilni boshqarib ketayotgan YPX xodimini ayovsiz tanqid qilmoqdalar.

Yaqindagina YPX xodimi qoidabuzarligi uchun fuqaro murojati asosida jarimaga tortilgani haqidagi xabar butun respublikaga tarqashga ulgurgan edi. Qiziq, IIV YHX Bosh boshqarmasi navbatdagi vaziyatga nisbatan qanday chora ko‘rarkin?


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: qoidabuzarlik, YPX
Просмотров: 1520 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz