Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Yulduz Rajabova: “Kasalligim to`g`risida gapirishni istamayman”



 

Biroz avval ayrim nashrlarda aktrisa Yulduz Rajabovaning og`ir kasallikka chalingani va “Oyqiz ertagi” filmining suratga olish jarayonida bir necha marta hushidan ketib qolgani haqidagi xabarlar paydo bo`lgan edi. 

Aktrisa “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida kasalligi haqidagi xabarlarga quyidagicha munosabat bildirdi: 

“Kasalligim to`g`risida to`xtalmoqchi emasman. Sababi, hozir ahvolim juda yaxshi va salomatligimdan shikoyatim yo`q. ‘Oyqiz ertagi’ filmini suratga olish jarayonida haqiqattan ham hushimdan ketgan paytlarim bo`ldi. Bu holat film jaziramada suratga olingani bilan bog`liq. Havo harorati yuqori bo`lgan paytda qalin kiyimlarda jang sahnalarini ijro etayotib, o`zimni yomon his etgan paytlar bo`ldi”. 

Avvalroq, Yulduz hamkasbi Yigitali Mamajonov bilan munosabatlariga oydinlik kiritgan edi.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (01.07.2016)
Просмотров: 795 | Комментарии: 1 | Теги: Yulduz Rajabova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
avatar
1
Salom
avatar