Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Yulduz Rajabova odamlarga ishonishni o‘rganolmayotganini aytdi




Yulduz Rajabova bugungi o‘zbek kinosida o‘z yo‘liga ega bo‘lgan aktrisa. Uning “yuragi”, “ko‘zi” bor. Demoqchi bo‘lganimiz, aktrisa o‘ynayotgan rolini tomoshabinga yetkazib bera oladi. Hissiyotlarini so‘zlamay ham ifoda etish qobiliyatiga ega. Afsuski, bu iqtidor bugun kinolarning “yuzi”ga aylangan ayrim aktrisalarimizda uchramaydi.
 
Aktrisa bugun ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga ko‘ngil kechinmalarini, o‘zini qiynayotgan muammolarni yozib qoldirdi.
 
“Ba’zida shunday bo‘larkan... Hayot lazzatini bildim, oqni qoradan ajratishni o‘rgandim, deb o‘ylarkansan. Odamlarni o‘rgandim, deb o‘ylarkansan... Lekin, yo‘q! Yo‘q... Yo‘q... Aslo yo‘q! Sizchi, hayotda qilayotgan ishlaringizni taqsimlashni o‘rgandingizmi? Men esa yo‘q, o‘rganolmadim. Endi nimagadir ishonaman deysan-u lekin odamlar... Odamlar... Odamlar... Kayfiyatni tushirmaymiz, o‘rnimizdan turib, davom etamiz”, deb yozadi Rajabova.  
 

Источник: qalampir.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (28.09.2016)
Просмотров: 313 | Теги: Yulduz Rajabova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar