Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Yulduz Turdiyeva: Oilamni yo‘qotishdan qo‘rqaman



O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘ining talabi ortida oila masalasi tursa, ismini ham o‘zgartirishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda uning “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
 
Yulduz Turdiyeva “Turmush o‘rtog‘ingizning talabi bilan ismingizni o‘zgartirgan bo‘larmidingiz?” degan savolga quyidagicha javob berdi:
 
“Agar turmush o‘rtog‘imning talabi ortida oilam masalasi turadigan bo‘lsa, albatta o‘zgartirardim. Chunki san’atimni oilamdan ustun qo‘ymayman. Bunday vaziyatda erishganlarim ham ismimning qandayligi ham men uchun ahamiyatsiz bo‘ladi. Faqat oilamni yo‘qotishdan qo‘rqaman, xolos. Aslida onam ismimni Laziza opamning ismiga moslab, Aziza deb qo‘ymoqchi bo‘lgan. Biroq so‘nggi daqiqalarda otam Yulduz deb ism qo‘ygan ekan”.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (04.08.2016)
Просмотров: 358 | Теги: Yulduz Turdiyeva | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar