Yulduz Usmonovaning “Devonalarmiz” qo‘shig‘i matni “muallif”i fosh qilindi

6-mart kuni "Sayyod media markazi”da Yulduz Usmonovaning "Devonalarmiz” qo‘shig‘i matni muallifi Renis emas, aslida Amir Xudoyberdi ekanligi isbotlandi.

Sayyod ma’lumotlariga ko‘ra, Yulduz Usmonovaning "Devonalarmiz” qo‘shig‘i muallifi avvaliga noaniq bo‘lgan. Keyinroq Renis Meshayan unga da’vo qilib, she’rning to‘liq matnini Sayyod muallifiga yuborgan. Yulduz Usmonovaning "Yoningdaman” albomi taqdimoti o‘tkazilganda ham Renis o‘zini she’r muallifi sifatida tanishtirib, sahnaga chiqqan.

Albom taqdimotining videosini ko‘rgan shoir Amir Xudoyberdiyevning qizi Gulruxsor Xudoyberdiyeva taqdimot tashkilotchisi — Sayyod.com muallifi bilan bog‘langan va bu haqda 17-mart kuni o‘z blogida e’lon qilgan.

Gulruxsor "Sayyod media markazi”ga kelib, "Devonalarmiz” she’ri nashr qilingan Amir Xudoyberdiyev qalamiga mansub kitobni taqdim etgan. Shundan so‘ng Renis ham chaqirilgan. Avvaliga o‘xshashlik, deb bahona qilgan Renis oxiri she’rning muallifi emasligini tan olgan.

Bundan tashqari, Yulduz Usmonova bu shoirning "Gar o‘lsam” va yana bir she’rini ham qo‘shiq qilib kuylagani Amir Xudoyberdiyev kitobidan ma’lum bo‘lgan.

Sayyod muallifining ta’kidlashicha, "Renis  uzr so‘rash o‘rniga, SMS’da tinmay shu maqola chop etilmasligini” so‘ragan.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Yulduz Usmonova, Devonalarmiz
Просмотров: 2927 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:14
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz