Yulduzlar jangi”ning sakkizinchi epizodi aktyorlari tarkibi e’lon qilindi


Walt Disney kompaniyasi 15-fevralda suratga olish ishlari boshlangan “Yulduzlar jangi: VIII epizod” filmining aktyorlari tarkibini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Unga ko‘ra, samoviy saganing navbatdagi qismida Kerri Fisher, Mark Xemill, Adam Drayver, Jon Boyega, Deyzi Ridli, Lupita Niongo, Oskar Ayzek, Donal Glison, Gvendolin Kristi, Entoni Deniyels va Endi Serkis suratga tushadi.

“Samoviy saganing suratga olish jarayonida birinchi marta ‘Oskar’ mukofoti sovrindori aktyor Benisio Del Toro, ‘Oskar’ mukofotiga nomzod aktrisa Lora Dern va iste’dodli aktrisa Kelli Mari Tren ishtirok etadi”, — deyiladi The Walt Disney Company CIS press-rezilida.

“Yulduzlar jangi”ning sakkizinchi epizodi premyerasi 2017-yilning 15-dekabrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Film rejissori ba’zi sahnalarni ochiq kosmosda, IMAX kamerasi yordamida tasvirga olishni rejalashtirgan.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari
Просмотров: 980 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz