Главная » AVTO OLAM

Yunusobod tumanida ro`y bergan YTHda yosh bola tan jarohati oldi (foto)



Poytaxtimiz ko`chalarida kundan-kunga YTHlar soni oshib bormoqda, deb xabar berdi “Nuz.uz” nashri.

Kecha soat 18.30da Yunusobod tumanida bir paytning o`zida to`rt mashina — Lacetti, Nexia, Spark va Mazda ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi. “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari Facebook ijtimoiy tarmog`iga voqea joyidan olingan suratlarni joylashtirishdi. 
Avtohalokatga qaysi avtomobil sababchi bo`lgani hozircha noma`lum. Ba`zi bir guvohlarning ma`lumot berishicha, YTHga Lacetti haydovchisining tezlikni oshirib, boshqaruvni yo`qotgani sabab bo`lgan. Boshqa guvohlar esa Mazda avtomobilini boshqarayotgan qizning mumkin bo`lmagan joydan avtomashinani burganligini sabab qilib ko`rsatishmoqda. YTH oqibatida Lacetti avtomashinasi haydovchisi va yosh bola tan jarohati olgan.  



Faqatgina Lacetti haydovchisi emas, balki Spark ning orqa o`rindig`ida o`tirgan yosh bola ham jarohatlandi. Lacetti katta tezlikda uchib kelib, biz o`tirgan Nexia ga, so`ng Sparkka urildi. Keyin uni Mazda surib ketdi. Tezlikni oshirishni bas qiling!!! Bundan nafaqat haydovchilar, balki boshqalar ham jabr ko`rmoqda!!! Ayniqsa bolalar!!! Tan jarohati olgan bola judayam kichkina edi!”, deb yozibdi avtohalokatga guvoh bo`lgan qiz Facebook ijtimoiy tarmog`ida. 

YTH lar haqida so`z yuritgan “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari so`nggi paytlarda poytaxtimiz ko`chalarida avtohalokatlar soni ortib borayotganini ta`kidlashgan. Foydalanuvchilarning ma`lumot berishicha, kechaning o`zida ular bir necha YTHlarga guvoh bo`lishgan. Masalan, “Qozog`iston” kinoteatri chorrahasida avtobus bilan Lacetti to`qnashgan bo`lsa, Olmazor metrosi oldida Matiz daraxtga urilgan, “Novza” metrosi oldida Damas, Opel va Matizlarning to`qnashuvi oqibatida YTH sodir etilgan
.

Источник: darakchi.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (11.08.2016)
Просмотров: 596 | Теги: YTH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar