“Yuventus” Buffon bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Janluiji hozir 42 yoshda


Janluiji Buffon “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, deb  yozmoqda Tuttosport.

Ta’kidlanishicha, Buffon tez orada klub prezidenti Andrea Anyelli bilan uchrashib, o‘z kelajak rejalari haqida ma’lum qiladi.

Turin klubi Buffonga yangi shartnoma taklif etishga tayyor. Agar hech qanday o‘zgarish yuz bermasa, tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytiradi.

Darvozabon joriy mavsum A Seriya doirasida 7 ta o‘yin o‘tkazdi. Ulardan bittasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ma’lumot uchun, Buffon 2001-yilda “Parma”dan “Yuventus”ga o‘tgan. Klub sharafini 2018-yilgacha himoya qilib, PSJga yo‘l olgan. 2019-yil yozida esa yana Turin klubiga qaytgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 844 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz