Ziyodadan tez kunda soundtrek va klip

Estradamizning maftunkor xonandasi, "Nihol" davlat mukofoti sovrindori va oilada mehribon yosh ona bo'lmish Ziyoda o'z ijodida yangiliklar qilishda davom etmoqda. Xonanda tez kunda maxsus soundtrek tarona va o'z ijodidagi qo'shiqlardan biriga ishlangan klipni taqdim etadi.

8-mart kuni Termiz shaxrida Ulug'bek Rahmatullayev bilan birgalikda gastrol safarini uyushtirgan Ziyoda o'zining "Asalim" kompozitsiyasi uchun maxsus klip suratga oldirmoqda. Rejissyorlar Savrvar Karimov va Izzatilla Lutfullayevlar tomonidan suratga tushirilayotgan trek va syujet ko'rinishidagi klip deyarli suratga tushirib bo'lindi. Bundan tashqari hozirda nomi sir tutilayotgan yangi o'zbek filmi uchun Ziyoda maxsus soundtrek kuylab o'tadigan bo'ldi. Ushbu soundtrek va yuqorida zikr etilgan klipni Navro'z bayrami arafasida muxlislar hukmiga havola etilishi rejalashtirilgan. Kim biladi deysiz, balki aynan klipda Ziyodaning asali kimligini aniq bilib olarmiz.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ziyoda
Просмотров: 1183 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz