Главная » 2016 » Июнь » 8 » “Zveropolis” animatsion filmining kassa yig'imi 1 milliard dollardan oshib ketdi
13:09
“Zveropolis” animatsion filmining kassa yig'imi 1 milliard dollardan oshib ketdi

 ​



Disney animatsion studiyasi tomonidan suratga olingan “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) filmining jahon kinobozoridagi kassa yig'imi 1 milliard dollardan oshib ketdi va 2016 yildagi “Birinchi qasoskor: Qarshilik” (Pervyy mstitel: Protivostoyanie) filmidan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi. 
Shuningdek, “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) Disney studiyasining “Muzyurak” (Xolodnoe serdtse, 1.277 milliard), Illumination Entertainment studiyasining “Minionlar” (Miniony, 1.159 milliard) va Pixar studiyasining "O'yinchoqlar hikoyasi 3" (Istoriya igrushek 3, 1.063 milliard ) animatsion filmlaridan keyin inflyatsiya qiymati hisobisiz tarixda 1 milliard dollardan oshgan to'rtinchi eng kassabop multfilmga aylandi.“Hayvonlar shahri” (Zveropolis) o'n etti hafta ichida mahalliy kinobozorda 337.2 million va xalqaro kinobozorida 662.8 million dollari miqdoridagi mablag'ni yig'a oldi.Endilikda Disney animatsion studiyasi 26ta filmidan 11tasi milliardlar keltirgan elita klubi a'zosi bo'lganligidan fahrlansa arziydi.
 
Прикрепления: Картинка 1
Категория: KINO YANGILIKLARI | Просмотров: 411 | Добавил: AdminoFF | Теги: animatsion film, Zveropolis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: