Zarur masalliqlar (6-8 kishilik): 5-6 dona qaynatilgan tuxum, 100-150 gr. quritilgan qo‘ziqorin, 1 bosh piyoz, 50 gr. sariyog‘, mayonez, tuz, murch, bezak uchun ko‘k piyoz.
Tayyorlanishi: 1. Quritilgan qo‘ziqorinlarni idishga solib, ustidan 1 stakan qaynagan suv soling va 15-20 daqiqaga qoldiring. So‘ng suvini silqib, mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rang.
2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, sariyog‘ solingan tovada 10 daqiqa qovuring. So‘ng to‘g‘ralgan qo‘ziqorinni solib, yana 10 daqiqa o‘rta olovda qovurishni davom ettiring.
3. Qaynatilgan tuxumni ikkiga ajratib, sarig‘ini alohida oling. Qovurilgan masalliqlarga tuxum sarig‘i, mayonez, tuz va murchni qo‘shib, sanchqi yordamida ezib, aralashtiring. Ikkiga ajratilgan tuxum bo‘laklarini 1 osh qoshiq aralashma bilan to‘ldirib, likopchaga tering va ustini ko‘k piyoz bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 7934 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)

Grechixa – temir moddasiga boyligi bilan boshoqli o‘simliklar orasida chempion hisoblanadi. Tarkibidagi kalsiy, kaliy, fosfor, yod, sink, ftor, vitamin V1, V2, foliy kislotasi, RR va vitamin Ye ayollar organizmi uchun g‘oyat foydalidir. Quyida grechixaning foydali xususiyatlari haqida tanishtiramiz.
 
Grechixadagi uglevodlar sekin so‘rilishi hisobiga to‘qlik hissini paydo qiladi. Parhez tutishni reja qilgan ayollar kechki ovqatga grechixadan taom iste’mol qilishlari mumkin.
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun ham grechixa juda foydali ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qatiqqa aralashtirilganini kunora iste’mol qilish qonda qand miqdorini pastlatishga yordam beradi.
Nonushataga grechixani sutga aralashtirib, bo‘tqa tayyorlang. Bu yegulik yurak va jigarga foydali bo‘lib, organizmdan ortiqcha xolesterin chiqishini faollashtiradi.
Kamqonlikni davolashda 100 gr grechixani blenderda maydalab, talqon qiling. So‘ng bir kunda 3 mahal yarim piyola sut bilan qabul qiling. Tarkibidagi temir moddasi qonda gemoglobin miqdorining ko‘tarilishiga yordam beradi.
Bavosil yoki vena qon tomirlarining varikoz kengayishi kuzatilganida ham grechixadan taom va yegulik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Buning uchun grechixani tuzsiz suvda qaynatib, so‘ng bir osh qoshiq sariyog‘ bilan dimlab pishirsangiz kifoya. Tarkibidagi rutin moddasi qon tomirlari devorini mustahkamlaydi.
Ateroskleroz bilan xastalanganlar grechixa unidan kisel ichishlari mumkin. Kiselni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq grechixa unini 100 ml suv bilan aralashtirib, olovga qo‘yasiz. Qaynab chiqqach 2-3 daqiqa olovda ushlab turib, so‘ng tindiring. Damlama bir kunda ikki mahal ovqatdan oldin qabul qilinadi.
1 osh qoshiq grechixa qizdirilgan quruq tovada qizartirib, so‘ng blenderda maydalanadi.  Talqon xoliga kelgach, ozroq suv bilan aralashtirib, zuvala hosil qilinadi. Zuvalani frunkulyoz yaralariga qo‘yilsa, yallig‘lanishni oladi.
Halq tabobatida grechixaning qipig‘i ham keng foydalaniladi. Grechixa qipig‘i solingan yostiqchalar bo‘yin osteoxondrozi bilan og‘rigan bemorlar hamda uyqusizlikdan aziyat chekkanlar uchun tavsiya etiladi. Bunda qipiqli yostiqcha ortopedik ta’sir ko‘rsatadi va og‘riqlarni yengillashtiradi. 
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6851 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 21.10.2016 | Комментарии (0)


Bu mahsulotlarni iste’mol qilsangiz hech qachon semirib ketmaysiz

Kabachki 
Bu sabzavot inson organizmida suv-tuz balansini me’yorlashtirib, organizmda suv to‘planishining oldini oladi. Bundan tashqari u biriktiruvchi to‘qimalarga boy bo‘lib, ichaklarni tozalaydi, uning ishini yaxshilaydi. Kabachkining kaloriyasi kamligi sababli (100 gramm kabachkida 23 kaloriya bor) uni nonushtada ham, tushlikda ham, kechki ovqat mahalida ham iste’mol qilish mumkin.
Grechkali bo‘tqa
Boshqa yormalardan farqli ravishda grechkada uglevodlar kam miqdorda bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, u foydali aminokislotalar, yod, kalsiy, sink, mis, molibden, fosfor, nikel va boshqalarga boydir. Bundan tashqari grechka tarkibida ruhiy zarbalarga nisbatan chidamlilikni oshiradigan, V guruhiga kiruvchi vitaminlar ham mavjud. Undagi biriktiruvchi to‘qimalar miqdori esa bug‘doy, suli yormasi, guruchga nisbatan uch barobar ko‘p. Uni nonushta va tushlikda iste’mol qilgan ma’qul.
Suli yormasi 
Suli yormasi organizmdagi metabolik jarayonni tezlashtirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Buning natijasida ortiqcha kilogrammlar yo‘qoladi, ammo suli yormasini sotib olayotganda, bir zumda pishadigan, shakar qo‘shilgan bo‘tqalarni olmang. Uzoq vaqt davomida pishadigan tabiiy suli yormasigina foydali xususiyatlarga ega bo‘ladi. Aynan ularni nonushta vaqtida iste’mol qilishingiz mumkin.
Brokkoli
Brokkolini kun davomida iste’mol qilish mumkin. Uning 100 grammida bor-yo‘g‘i 20-30 kkal mavjud. Brokollini hazm qilish uchun organizm undan oladigandan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflaydi. Shuning uchun uni manfiy kaloriyali sabzavot deb atashadi. Ammo, asosiysi  brokkoli ochlik hissini yo‘qotib, ishtahani bo‘g‘adi.
Kepak
Kepak vitamin va mikroelemetlarga, biriktiruvchi to‘qimalarga boy bo‘lib, ichaklar faoliyatini me’yorlashtiradi. Bundan tashqari kepakdagi o‘simlik tolasi, oshqozonda uzoq vaqt hazm bo‘lib, shishadi va soxta to‘qliqni keltirib chiqaradi. Kuniga 3 oshqoshiq kepak iste’mol qilish odamni ancha ozdiradi.
Olma
Olmada kaloriya miqdori juda ham kam (100 grammda 87 kaloriya mavjud). Shuning uchun parhez kunlari olma yeyish juda urfga kirgan. Ammo bu faqat yashil olmaga tegishli. Bundan tashqari bir kunda 2-3 dona olma iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini 15 % ga kamaytiradi.
Dukkakli mahsulotlar 
Odamning ovqatlanish tartibida dukkakli mahsulotlarning boshoqli ekinlardan ahamiyati kam emas. Biz ularni to‘yimli bo‘lgani uchun ham sevib iste’mol qilamiz. Dukkakli mahsulotlarni kunning birinchi yarmida iste’mol qilganingiz ma’qul. Masalan, mana bu foydali salatni tayyorlab ko‘ring: qaynatilgan no‘xatga, qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi, zaytun yog‘i, tuz, qora murch, mayda to‘g‘ralgan petrushka, sarimsoqpiyoz bo‘lakchalarini aralashtiring. Qarabsizki, mazali, parhez taom tayyor, uni tushlikka iste’mol qilishingiz mumkin.
Mol go‘shti
Mol go‘shti ajoyib protein manbai hisoblanadi, 100 gramm go‘shtda 20 gramm oqsil mavjud. Dietologlar haftasiga 5 marotaba, kuniga 150 grammdan go‘sht iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Aynan shu miqdorda go‘sht iste’mol qilish yog‘larning va qonda xolesterin miqdorining kamayishini keltirib chiqaradi. Agar bu nazariya foyda keltirishini istasangiz, go‘shtning yog‘li qismini iste’mol qilmaslikka harakat qiling, ular xolesterin miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi.
Tovuq go‘shti
Tovuq go‘shtining aynan ko‘krak qismida yog‘ va xolesterin miqdori kam bo‘ladi. Boshqa go‘shtlarga qaraganda, tovuq go‘shti parhezbop go‘sht hisoblanadi. Uni qaynatilgan yoki dimlangan, garniriga sabzavotlardan foydalangan holda iste’mol qilgan ma’qul.
Tvorog
Yog‘siz tvorogda 18 gramm oqsil bo‘lib, uning kaloriyasi juda ham pastdir. Tvorog tarkibidagi riboflavin moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Agar tvorogning o‘zini iste’mol qilish joningizga tekkan bo‘lsa, yangi reseptlar o‘ylab toping. Masalan, avokadoning yarim pallasini olib, ichidagi etini qoshiq bilan tozalab oling. Keyin uni 50 gramm tvorog bilan aralashtirib, ichiga ko‘katlar, ozgina murch, tuz qo‘shing. Aralashmani ichi tozalangan avakado pallasiga solib, maza qilib iste’mol qilishingiz mumkin!
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8027 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.03.2016 | Комментарии (0)


Karam — har bir ayol kundalik taomnomasiga qo‘shishi kerak bo‘lgan asosiy va foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Quyida sizlarga karamdan tayyorlanadigan taomlar
 reseptini tavsiya etamiz. 
Karamli pxali
“Pxali” gruzincha so‘z bo‘lib, bargli karam va sabzavotli gazak degan ma’noni bildiradi. Pxalini lavlagi, ko‘k loviya, ismaloq, turli sabzavot va ko‘katlardan ham tayyorlash mumkin. Agar unga yong‘oqdan tayyorlangan o‘tkir ziravorlar qo‘shilsa, o‘zgacha ta’m beradi. 
Pxali 40 daqiqada tayyor bo‘ladi.
Kerakli masalliqlar: 
  • 1,5 kg karam
  • 300 gramm yong‘oq
  • bir bog‘ kinza
  • 3-5 bo‘lakcha sarimsoqpiyoz
  • 1 dona bosh piyoz
  • yarim choy qoshiq koriandr
  • tuz ta’bga ko‘ra
  • 1 osh qoshiq vinoli sirka
  • qalampir ta’bga ko‘ra
  • anor donachalari
Yirik qilib to‘g‘ralgan karam barglari qaynatib olinadi. Judayam pishirib yubormang. Qaynoq suvdan olgandan keyin suvini siriqtirib, soviting. Yong‘oq, kinza, sarimsoqpiyoz va bosh piyozni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing (blenderdan foydalanish ham mumkin). Hosil bo‘lgan aralashmaga tuz, ziravor, sirka qo‘shing. Karamni ham go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing, agar suvi chiqadigan bo‘lsa, siriqtirib olib tashlang. Yong‘oqli aralashmaga karamli aralashmani qo‘shib, ustini anor donachalari bilan bezatib, bir necha soatga muzlatkichga solib qo‘ying. Pxali — juda mazali sovuq gazak hisoblanadi. Uni nonga surtib yeyish mumkin (gruzin lavashi bo‘lgani ma’qul) yoki alohida taom sifatida ham dasturxonga tortish mumkin.
“Koul Slou” salati 
Amerikaliklarning sevimli salati bo‘lmish Cole slaw oddiy va juda tez tayyorlanadi. Uni tayyorlashda karamdan tashqari yangi uzilgan sabzavotlar (sabzi, selderey) va olma ham ishlatiladi. Bu salat juda foydali bo‘lib, unga uy sharoitida tayyorlangan mayonezdan tashqari tabiiy yogurt yoki yog‘siz smetana qo‘shish mumkin. Salatni tayyorlash uchun 10 daqiqa vaqt ketadi. Kerakli masalliqlar:
  • Karam ¼
  • 1 dona olma
  • 2 bog‘ selderey
  • 1 dona sabzi
  • 3 osh qoshiq mayonez
  • limon ½ dona
  • tuz, shakar ta’bga ko‘ra 
Barcha sabzavotlarni oqar suvda yaxshilab yuving. Seldereyning ustki po‘stlog‘ini archib, barglarini olib qo‘ying. Keyin uning tanasini somoncha shaklida, barglarini esa maydalab to‘g‘rang. Sabzini ham somoncha shaklida to‘g‘rab oling yoki qirg‘ichdan o‘tkazing. Karamni ham mayda to‘g‘rang. Olmani po‘stlog‘i va o‘zagidan tozalab, qirg‘ichdan chiqaring yoki somoncha shaklida to‘g‘rashingiz mumkin. Barcha to‘g‘ralgan masalliqni idishga solib, yarimta limon sharbati, ta’bga ko‘ra tuz, shakar, mayonez solib, yaxshilab aralashtiring. “Koul Slou” salati tayyor! Yoqimli ishtaha!     
Karamli kotletlar
Agar karamni blenderda yaxshilab maydalab olsangiz, judayam mazali karamli kotletlar tayyorlashingiz mumkin. Sabzavotli massani shaklga keltirish uchun ozgina un yoki manniy yormasidan foydalanish mumkin. Uni tayyorlash uchun 25 daqiqa vaqt ketadi.
Kerakli masalliqlar:
  • Karam ½
  • 2 dona tuxum
  • 2,5 osh qoshiq un
  • 1 bog‘ petrushka
  • tuz, qalampir ta’bga ko‘ra
Karamni blenderda maydalab oling, agar blender bo‘lmasa, mayda qilib to‘g‘rash ham mumkin. Unga mayda to‘g‘ralgan petrushka soling. Alohida idishga tuxum chaqing, un, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir qo‘shing. Bu aralashmani maydalangan karamga yaxshilab aralashtiring. Qizdirilgan tovaga bir osh qoshiqdan (yoki qo‘lingizni ho‘llab, dumaloq shaklga keltirishingiz ham mumkin) karamli massani solib, qovurib oling. Karamli kotletlarni smetana bilan birga, ustiga ko‘kat sepgan holda iste’mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha! 
Qiyma qo‘shib dimlangan karam
Tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib va mazali taom. 30 daqida tayyorlanadi.
Kerakli masalliqlar:
  • 250 gramm karam
  • 300 gramm qiyma
  • 100 gramm tomat
  • 80 gramm sabzi
  • 50 gramm piyoz
  • bir bog‘ petrushka
  • tuz va ziravorlar ta’bga ko‘ra
Tovani baland olovga qo‘yib 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i soling. Yog‘ qizigandan keyin xalqacha shaklida to‘g‘ralgan piyozni 3 daqiqa davomida qovuring. Keyin somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzini, qiymani, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlarni qo‘shib, qovurishda davom eting. 7 daqiqadan keyin to‘g‘ralgan karam, tomat soling. Agarda karamning sharbati kam bo‘lsa, yarim stakan suv qo‘shishingiz mumkin. Hammasini yaxshilab qovurib olgach, tovaning qopqog‘ini yopib, past olovda 15 daqiqa dimlang. Tayyor bo‘lgan taomning ustiga ko‘katlar sepib, dasturxonga tortishingiz mumkin. Qiyma solib dimlangan karam tayyor! Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6215 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 26.03.2016 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 200 grammdan un va sariyog‘, 8 osh qoshiq shakar, 2 dona tuxum, 12 choy qoshiq malina murabbosi, 2 choy qoshiqdan vanilinli shakar va xamiryumshatgich (razrixlitel), qand upasi, qora shokolad. 
Tayyorlanishi:
1. Yumshatilgan sariyog‘ni shakar bilan ozgina ko‘pirtirib, vanilinli shakar, tuxum qo‘shing-da, yaxshilab aralashtiring. So‘ngra un va xamiryumshatgich solib, yumshoq xamir qoring. 
2. Xamirni kattaroq va kichikroq ikki bo‘lakka ajrating. Keyin har bir zuvala xamirdan 12 bo‘lak ajratib oling. 
3. Kattaroq bo‘laklarni maxsus pishiriq qog‘oziga solib, biroz tekislang. Ustidan 1 choy qoshiqdan malina murabbosi soling-da, ikkinchi bo‘lak xamirni joylashtiring. 
4. 180 darajada qizdirligan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo‘ying. Pishishiga 5 daqiqa qolganda yuziga qand upasi sepib, eritilgan shokolad bilan bezak bering. 
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa. 
4 kishilik
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 2327 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 23.02.2016 | Комментарии (0)

Зарур масаллиқлар: 600 гр. балиқ гўшти; маринадлаш учун: 250 мл. сув, 100 мл. ўсимлик ёғи, 2 ош қошиқ сирка, туз, мурч; қийма учун: 150 гр. пишлоқ, 2 дона қайнатилган тухум, 2 бош пиёз, бир боғ петрушка. 

Тайёрланиши:

  • 1. Маринадлаш учун мўлжалланган масаллиқларни аралаштиринг. Балиқ гўштини ўртасидан иккига ажратиб, аралашмага солинг-да, 25-30 дақиқага маринадлаб қўйинг. 
  • 2. Пиёзни майдалаб тўғраб, қиздирилган ўсимлик ёғида қовуринг. Кўкатлар ва қайнатилган тухумни майдалаб тўғранг. Масаллиқларни аралаштириб, туз, мурч солинг. 
  • 3. Пишлоқни қирғичдан ўтказинг. 
  • 4. Балиқ гўшти бўлаги устига аввал пишлоқ қиридинси, сўнгра қиймани солинг. Қолган пишлоқ қириндисини ҳам солиб, иккинчи бўлак балиқ гўшти билан ёпинг. Истасангиз, устига майонез суртиш мумкин. Балиқ гўштини зар қоғоз (фольга)га ўраб, 250 даражада қиздирлиган газ печига 20 дақиқага қўйинг. 

Тайёрланиш вақти: 1 соат. 4 кишилик.

Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 2677 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 20.02.2016 | Комментарии (0)


Чиройли кўринишга эга бўлган ва иштаҳаочар бу қовоқли пишириқни таомномангизга киритиб, оила аъзоларингизга тайёрлаб берсангиз, уларни хурсанд қилган бўласиз. Чунки бу жуда фойдали ва иштаҳаочар егулик. 

Керакли масаллиқлар
•  Қовоқ – 600 г.
•  манний ёрмаси – 1/2 стакан.
•  тухум – 2 дона.
•  шакар – 4 ош қошиқ.
•  ўсимлик ёғи – 3 ош қошиқ.
•  туз – 1 чимдим.

Қовоқни пўсти ва уруғидан тозалагандан сўнг қирғичнниг каттароқ тишидан ўтказинг. Устига иккита тухумни чақиб солинг. Шакар ҳамда туз қўшиб аралаштиринг. Сўнг аралашмага манний ёрмасини қўшинг.  

Ўсимлик ёғини ҳам қуйиб, ҳаммасини яхшилаб аралаштиринг. 

Тайёр бўлган аралашмани ёғланган қолипга солиб, 25 дақиқага газ печига қўйинг.  

200 даражали оловда пиширилади.  

Таомни қаймоқ ёки қуюлтирилган сут билан безатиб, дастурхонга тортасиз.Ёқимли иштаҳа.

Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 4078 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 20.02.2016 | Комментарии (0)


Тухум окини яхшилаб купиртириб, озрокдан шакар кушиб аралаштирамиз. Сунг олма пустини арчиб, уругларини авайлаб олиб ташлаймиз, ширин сувда шаклини йукотмагунга кадар пишириб оламиз. Олма катталигига караб бисквитларни кесиб чикамиз ва олмаларни уинг устига куйиб, аралаштирилган тухум окини атрофидан маълум шаклда куйиб чикамиз.

Юкори хароратда саргиш тусга киргунга кадар пишириб оламиз. Столга куйишдан аввал шакар упасидан сепсангиз хам булади.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 4613 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


200 г сариёг, 200 г сметана, 1/2 чой кошик истеъмол содаси, ун (юмшок хамир учун)
Начинкасига творог билан шакар аралашмаси, ёки мураббо, ёки хохлаган кремдан фойдаланиш мумкин.


Масалликларни барчасини аралаштириб, 1 соатга музлатгичга куямиз.

Тайёр хамирни уртача калинликда ёйямиз, начинкани суртиб рулет ураймиз ва духовкада пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8517 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Куритилган ёнгок магзини янчинг. Унни элаб устига шакар, ёнгок, туз, сариёг булагини солиб хамммасини пичок билан киймаланг. Сунг тухум кушиб корилган хамирни совук жойда тиндиринг. Сунгра уни 0,5 см калинликда ёйиб, шаклдор килиб кесинг ва устига тухум суртиб уртача оловда пиширинг.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6724 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Керакли махсулотлар 350 г кизил сабзи, 70 г ёнгок, 20 г асал, лимон шарбати, туз.
Ёнгок урнига ер ёнгок ёки бодом хам ишлатиш мумкин.
Безак    учун компот гилослари.


Арчиб ювилган сабзини майда тёркададан утказамиз. Туз сепиб лимон шарбатини кушамиз. Сунгра майдалаб янчилган ёнгок ва асални кушиб аралаштирамиз.

Салатни идишга солиб устидан гилослар билан безаб чикамиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 3338 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Олмани ювиб, уруглик узагини кесиб, олиб ташлаймиз. Шу чукурчага киём солиб, духовкада пиширамиз. Истаганлар уни оз микдор сувда кайнатиб пишириши хам мумкин.
Бир кишилик мулжал учун 2 дона олма, 10 г киём керак булади. Киём олма уртача оловда 15-20 дакика пиширилади.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 2889 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


1 тухум, 70 г усимлик ёги, 70 г шакар, 1 ст ун, 1 чой кошик хамиртуруш ёки истеъмол содаси, бир чимдим туз, 1 пиёла пиширирилган сабзи, 4 ош кошик майиз.

Барча масалликларни аралаштириб хамир корамиз. Уртача калинликда хамини ёйиб ундан айланачалар кесиб духовкага куямиз. Кизаргунча пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 3626 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


100 г ун, 25 г сариёг, бир чимдим туз, 2 ош кошик сут.

1) Начинка: 2 та помидор, 50 г пишлок
2) Начинка: кузикорин.


Идишга ун, туз хамда майдалаб тугралган сариёгни солиб аралаштирамиз. Сунгра оз-оздан сутни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни ёгланган колипга соламиз. Устидан начинкасини (помидорларни майдалаб кесиб устидан пишлокни теркадан утказамиз) солиб 15 дакика ичида олдиндан иситилган духовкада пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 10482 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Хамирга: 1 ст шакар, бир чимдим истеъмол содаси, 1 ош кошик сариёг, 1 ст сметана, 1 ст ун.
Кремига: 1 ст сметана, 2/3 ст. шакар, ёнгок.
Глазурига: 50 г сариёг, 1 ст шакар, 3 чой кошик какао, 3 ош кошик сут.


Шакар билан сариёгни яхшилаб аралаштирамиз, сунгра сметана, сода, унни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни 2 кисмга буламиз. Бир кисмига какао кушамиз (ёки кофе). Хамирларни яъни ок хамирни ва кора хамирни хар бирини уч кисмга булиб, уртача калинликда ёйиб духовкада пишириб оламиз.

Тайёр корилган хамирга кремни суртиб устидан майдалаб янчилган ёнгокни сепамизда ок хамирни куямиз. Сунгра яна крем суртиб енгокни сепиб устидан кора хамирни куямиз ва олдингидай давом эттирамиз. Охирги хамирни устидан иссик глазурни куямиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6514 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ushbu tortni pishirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar: 3 ta tuxum, 200 gr shakar, 2 osh qoshiq asal, 3 stakan un, 100 gr. saryog‘, 1 choy qoshiq un, 200 gr saryog‘.
Emal idishda tuxumni yaxshilab ko‘pirtirganingizdan so‘ng idishni suv bug‘iga qo‘yasiz, shakar, asal hamda saryog‘ qo‘shasiz. So‘ng iste’mol sodasi hamda unni qo‘shib yana aralashtirasiz. Xamirni bug‘dan olib qo‘yib, bir oz tindirasiz.

Nachinkani qoshiq bilan duxovka patnisiga solib, o‘zingiz istagan shaklda yoyasiz va gazda usti oltin rangga kirgunga qadar pishirasiz. Xuddi shunday hajmdagi xamirlardan yana to‘rtta pishirib olasiz. Va ushbu tayyor qavatlar sovigandan so‘ng ustma-ust, orasiga nachinkada surib qo‘yasiz. Ustiga pishiriq chetidan qolgan ushoqlar, tortni har xil mevalar bilan bezash ham mumkin yoki bo‘lmasa glazur suriladi. Glazurni tayyorlash uchun 50 gr. saryog‘ga 3 osh qoshiq shakar hamda 3 osh qoshiq kakao, vanilin kukuni quyasiz. Saryog‘ erib va bir oz qaynagach, gazdan olasiz.

Tortni tayyor bezelar yoki o‘z didingizga moslab bezashingiz mumkin.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8301 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


O’rtacha qilib xamir qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o’rab 10-12 minut tindirib qo’yasiz.Shundan so’ng xamirga tuz va soda eritmasi surtasiz(buning uchun 1 choy qoshiqda tuz va 0,5 choy qoshiqda olingan sodani 0,5 stakan suvga eritiladi) shunday eritmada qo’lni namlab xamirni mushtlaysiz, toki bu namlik xamir bag’riga singib ketsin.So’ngra xamirdan yong’oqday-yong’oqday zuvalachlar yasab, har bir zuvalachani taxta ustiga qo’yib kaft bilan dumalatib armoq kattaligidagi piltalar yasaymiz.Piltalarni likopchga terib bir-biriga yopishib ketmasligi uchun ustiga o’simlik yog’i surtasiz.Xamirga singitilgan tuz soda eritmasi va ustiga surtilgan usimlik moyi xamirning cho’ziluvchanligini taminlaydi. Ana endi har bir piltani ikki uchidan ushlab taxtachaga urub-urub tortsangiz uzun va ingichka arg’amchi hosil bo’ladi,cho’zmani ikki buklab yana taxtachaga urub cho’zsangiz, 4 qavatdan iborat ingichka vermishelsimon holatga keladi.Hamma xamirni ana shu taxlit cho’zib bo’lgach, qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Yuziga qalqib chiqqanda chovli bilan suzib olib 2-3 marta sovuq suv bilan chayqab yuborsangiz, yuzigab surkalgan yog’i ketib xamir bir-biriga yopishmaydi.
Va (qaylasi): qozonda yog’ini dog’lab piyoz solib jazlaysiz, uncha qizarib ketmay turib mayda,
‘chumchuq tili’ qilib to’g’ralgan go’shtni solasiz, kavlab qoyurib tursangiz seli chiqadi, ana shunda halqa qilib to’g’ralgan chuchuk garimdori, kubik (1×1×1 sm) shaklida to’g’talgan sabzi, somoncha to’g’ralgan turp (rediska), shpalcha 
to’g’ralgan baqlajon, qirqilgan karam, jandu,jusay, seldir va sarimsoq ko’kidan solib qozondagi masaliqning yuzidan biroz oshirib suv quyib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz, so’ng tuzini rostlaysiz. Agar sarimsoq ko’ki bo’masa sarimsoq donalarini mayda to’g’rab piyoz bilan birga yog’da jazlasangiz ham qaylasiga solib qaynatsangiz ham bo’ladi.Sirasini aytganda,cho’zma lag’mon sarimsoq bilan juda kelishadi.
Dasturxonga tortishda kosalarga xamirdan yarim-yarim solib, ustiga qaynoq qayla quyib keltirasiz.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr un , 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz olinadi;qaylasi uchun 500 gr go’sht, 300 gr yog’, 3-4 bosh piyoz, o’rtacha kattalikdagi 1 dona turp, 2 dona sabzi, 1 dona baqalajon, 300 gr karam, 3-4 dona chuchuk garimdori, yarim bog’lamdan jusay ,jandu, seldir va sarimsoq ko’ki, tuz esa ta’bga ko’ra solinadi.Lag’mon bilan qo’shib beriladigan sirka, lozijon va murch xo’randaning talabiga binoan ishlatiladi. 
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 7832 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Qo'y yog'ini kubik shklida to'g'rab eritasiz, jizzasini suzib olib yog'ini dog'laysiz-da, unga go'shtdan tozalangan bir bo'lak suyak tashlab yuborasiz. Suyak qizg'ish tusga kirguncha qovurasiz, bu - oshga qizil tus beradi. Suyakni olib tashlagandan keyin yoqqa parrak-parrak qilib to'g'ralgan piyoz solasiz va yahshilab qovurasiz. So'ngra lo'nda-lo'nda qilib to'gralgan go'shtni solib piyoz bilan birga qovurasiz. Piyoz qizg'ish tusga kirgach qozonga somon shakida qilib to'g'ralgan sabzi solamizda, bir oz tuz sepib aralashtirib qovurasiz. Sabzi tilla-sariq jigarrang tusga kirganda oshga solinadigan suvning yarmin quyib qaynatasiz. Zirvakka har hil ziravorlar va qizil qalampir solsangiz ham bo'ladi. Zirvakni uncha baland bo'lamagan olovda 20-25 daqiqa mildiratib qaynatasiz. Ayni paytda guruchni terib tozalab, sovuq yoki iliq suv builan 3-4 marta yuvib tayyorlaysiz. Guruchni ikki kaft orasida olib astalik bilan 1 necha marta ishqab yuvish kerak. Guruch qattiq ishqab yuvilsa maydalanib ketishi va palov lanj bo'lib qolishi mumkin. Guruchni qozonga bir tekis qilib solinganidan keyin o'choqdan cho'g'ni tortib olib alangani kuchaytirasiz va darhol guruchga suv quyasiz. Suv guruch betidan 1-1,5 sm ko'trailib tursin. Qozondagi ovqatning bir tekis qaynashi juda muhimdir. Aks holda palov "tirik" bo'lib qoladi. Gurunch hali suvni tortmay turib oshning tuzini rostlaysiz suvi tortilganidan keyin uni kapkir bilan o'rtaga qo'yib bir necha eriga dam cho'p suqib, yuzidagi suvni ostiga tushirasiz va yaxshi bug'lanishiga imkon berasiz. So'ngra oshni damlaysiz. Dam edirish vaqti gurunchning miqdoriga va sortiga bog'liq. Ushbu retsept bo'yicha 20-25 minut damlash kifoya qiladi (damgirni) olganda unga yopishgan suv tomchilari oshga tomib ketmasligiga rioya qiling. Oshni yaxshilab aralashtirasiz, agar guruch yaxshi dam eb bir biriga mushtlashib qolgan bo'lsa kapkirni orqasi bilan urib ajratib yuborasiz-da, katta chinni yoki sopol laganga solib suzasiz. Ustiga suyakli go'shtlarni chiroyli qilib solasiz. Bu palovga alohida ididshda "pomidor va piyozdan qilingan salat" yoki salatning hohlagan boshqa turidan birini tortasiz. 
Bunday palov uchun: 1-kg guruch, 500 gr go'sht, 250 gr yog', 500 gr sabzi, 4-5 bosh piyoz, bir choy qohig'ida zira, zirk, qizil qalampir kerak bo'ladi. Tuz esa damiga qarab solinadi
Pulingdan bir puling qolsa xam osh ye
Kuningdan bir kuning qolsa ham osh ye.
degan ekan kimdir .
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6793 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)

Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz