Benom - Qizalaq (Qo'shiq matni)

Ishonmasdi sevgiga qizaloq
U o'ylardi sevgi dunyoda yo'q
Sevgi o'ylab topilgan o'yinchoq
Sevgi nima bilmasdi qizaloq

Bir kun bog'ning yonida qizaloq
Uchratdi u bir yigitni biroq
Sevib qoldi u yigitni ko'rib
Yigit esa boqmadi qayrilib

NAQORAT:
Sevib qoldi u yigitni
Ilk marta birinchi bora.

Oylar o'tdi ketidan yillar ham
O'tib ketdi bolalik damlar ham
Lekin hamon ko'zlari to'la nam
Eslar edi u yigitni har dam

Yana qayta o'sha bog' yonida
Ketaverar qizaloq yo'lida
Nogoh to'sib bir yigit yo'lini
Izhor qilib so'radi qo'lini

Qizaloq jim turardi uyalib
Ikki yuzi olmadek qizarib
Ahir nogoh izhor etgan yigit
Kelib chiqdi o'sha yigit bo'lib

NAQORAT:
Sevib qoldi u yigitni
Ilk marta birinchi bora.
Yigit ham sevar uni
Qizaloq sevgisidan ko'ra

Sevdi sevdi yana qizaloq
Ko'zlari to'la quvonchli ko'z yosh
Bo'ldi bo'ldi endi kelinchak
sevgan yori yonida endi


Категория: Benom guruhi | Добавил: ADMIN2 | Теги: Benom guruhi, Sarvar va Komil
Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:42
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz