Tushingizda o'z tanangizda jaroxat borligini ko'rsangiz - yaqinlaringizdan biri sizning ma'naviy azob chekishingizga sababchi bo'lib qoladi. Agar siz yaqinlaringizdan birini yarador qilib qo'yganligingiz tushda ko'rinsa - bu ogohlantirish ehtimol, sizning dushmanlaringizdan biri nojuya kirdikor bilan ig'vo qiladi. Tushda jarohatni davolash - o'ngda yaxshi xabar eshitishdan ayon etadi. Tushda yarador kaptarni ko'rish - tinchlikka xavf bo'lishidan darak beradi. Agar tushingizda sizni kimdir pichoq yoki xanjar bilan yarador qilsa - o'ngda soxta do'stlaringizdan extiyot bo'ling. Ularning yovuzona tillari sizning yuragingizga jaroxat yetkazishi mumkin. Tushda qon okib turgan jaroxatni ko'rish - o'ngda vijdon azobini kechirishni bildiradi. Chuzilib ketgan jarohatdan qon oqa boshlaganini tushda ko'rish - extiyot bo'lish kerakligi alomatidir. Mayib bo'lish va yo'l xalokatidan extiyot bo'ling.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2516 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Go'dak - umid, kelajak timsoli. Agar tushingizda go'dakni xayvon tishlab olganligi ko'rinsa, bu tush kelajakda yerda ko'plab vampir (odamxur) lar paydo bo'lib, birinchi navbatda bolalarga jiddiy xavf solinajagidan guvoxlik beradi. Tushda xomilador erkak ko'rinsa - bu ko'p yillardan beri erkaklarning homilador bo'lib, chaqaloq tug'ishi to'g'risidagi mish-mishlarning haqiqatda ro'y berishi belgisidir. Balki bu yovuz kuchlarning aralashuvisiz sodir bo'lar, ammo bu haqiqat erkakni va chaqaloqni dunyoga mashxur etadi. Agar tushda nogiron go'dak ko'rinsa - bunday tush butun insoniyat xavf ostida ekanligidan, bu xavf bizning atmosferani ifloslantirishimiz oqibati bo'lishidan ogoh etadi. Tush ko'ruvchiga bu tush uning o'zi juda yordamga muxtoj bo'ladigan odam bilan uchrashishidan darak beradi. Yiqilib tushgan ayol qo'lidagi irkit bolani tushda ko'rish - bu tush yerning katta xavf ostida turganligidan dalolatdir. Kelajakda bog'liq misli ko'rilmagan miqdordagi odamlardan zaharlanadi va insoniyat qirilib ketish bo'sag'asiga kelib qoladi. Biroq halokatli axvolni xech narsa bilan o'zgartirib bo'lmaydi, deb turilganda ushbu daxshatli kasallikka qarshi dorini yaratuvchi inson paydo bo'ladi. Agar sizga oyoqlari yo'q bola tush ko'rinsa, bu tush yerning hav - xatarda turganligidan shoxidlik beradi. Atrof-muxit nihoyatda ifloslanganligi bois ko'plab bolalar jismoniy nuqsonlar, shuningdek, ruxiy kamchilik bilan dunyoga keladilar. Doimiy, jilmayib turgan bolani tushda ko'rish yaxshi alomat. Nixoyat yerda saodatli damlar boshlanib, yer yuzida sevgi hukmron bo'ladi. Odamlar urushlardan, qashshoqlikdan, ochlikdan qo'rqmay qo'yadilar, chunki kuplab sog'lom, chiroyli farzandlar dunyoga kela boshlaydilar. Agar tushda yerda chopib yurgan go'dak ko'rinsa, bu yangilanishni bildiradi, yangi insoniyat alomatidir. Tushda go'dak ilonni siqayotgan yoki o'ldirayotgan bo'lsa, bu insoniyat yadro urushi xavfining oldini olish yo'lini topganligidan ayon etadi. Agar siz tushingizda o'zingizni chaqaloq qiyofasida ko'rsangiz, bu sizning hayotda shunday darajasiga etib kelganingizni, endi o'z hayotingizni qo'rib chiqib, uni o'zgartirishingiz lozimligining alomatidir. Yig'layotgan go'dakni tush ko'rish - o'ngda o'z kelajagingizning xatarga duch kelishini bildiradi. Tushingizda o'z farzandingizni izlayotgan bo'lsangiz, demak, yo'qolgan umidni topishga harakat qilasiz. Go'dakni gul yo'layotganini tush ko'rish-ma'naviy yuksalishning alomatidir. Agar tushingizda go'dakning qo'lidan ushlab turgan bo'lsangiz, bu qiyin ahvoldan chiqib olishga harakat qilishingizdan dalolat beradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 5439 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Baliq- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik ramzidir. Osmondan tushayotgan baliqni yoki baliq yomg'irini tushda ko'rish-yomon alomat! Ekologik xalokatdan, musibatdan darak beradi. Baliq tutayotganlik tushga kirsa - qiyin ahvoldan chiqishga urinishni bildiradi. Baliqlarning to'planib qolganligini tushda ko'rish - taqdir ixtiyoriga o'zingizni ko'pam topshiravermang, yo'qsa o'zingizning imkoniyatingizni boy berasiz. Tushingizda uchta baliqni ko'rsangiz - omadim keldi deyavering. Agar tushda baliq yeyayotgan bo'lsangiz, kutilmagan, ammo yaxshi xabar olasiz. Odam basharali baliq tushda ko'rinsa - yadro urushidan dalolat beradi. Tushingizda bir baliq boshqa bir baliqqa ^xujum qilayotganligini ko'rsangiz - bu, suv osti kemasining xujumidan xabardor etadi. Agar sasigan baliq tushingizga kirsa - kutilmagan ovozalar tufayli sizning e'tiborli kishi bilan munosabatlaringiz buziladi. Tushda jonli ko'p baliqni ko'rish-sizning matonatingizni va bardoshingizni bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 5801 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda chigirtkalarning galasini ko'rish - yer yuzidagi mamlakatlarning biriga chigirtkalarning xujum qilishi va oqibatda butun qishloq xo'jaligi ekinlari yakson bo'lishining alomatidir. Chigirtkalar xujumi ko'plab kishilar och qolib, ushbu mamlakatni tark etishlariga va bu mamlakat bir necha yillar taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo'ladi. Tush ko'ruvchiga bu tush moddiy axvoli barqaror xolatda bo'lmasligini ayon etadi. Agar siz tushingizda chigirtkalarni o'ldirayotgan bo'lsangiz, bunday tush sizning juda qiyin bir ishni uddalay olishingazdan guvoxlik beradi.

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1501 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Sham ishonch, shinamlik, xayolparastlik, xissiyot, tarkidunyochilik alomatidir. Agar tunda deraza oldida sham yorug'i ko'rinayotganligi tushingizga kirsa - bu, yoshingiz o'tganda navqiron paytingizdagiga nisbatan sevimliroq intizorlik bilan kutilgan odam bo'lishingiz alomatini bildiradi. Ko'chada sochilib yotgan nim shamlarni terib olayotganligingiz tushga kirsa - din tarafdorlari og'ir iqlimli joyga surgun qilish bilan bog'liq kulfatdan dalolat. Agar osmondan sham yorug'ligi kabi yorug'lik nurlanib turganligi tushga kirsa - kutilmagan xar qanday voqealarni qarshi olishga tayyor turing. Yangi bilimlarni olarkansiz, uning yordamida unga muxtoj kishilarga yordam bering. Sham bilan borayotgan marosim qatnashchilarini tushda ko'rish - bu shunday xabarki, baxorda ro'y beradigan va ko'pchilikning umriga zomin bo'ladigan va motam e'lon qilinadigan baxtsizlikdan ayon etadi. Sham bilan yoritilgan ko'chadan borayotganlikni tushda ko'rish, bu sizning sevib qolishingiz xali oldinda ekanligining belgisidir. Son-sanoqsiz yonib turgan shamlar o'rnatilgan shamdonni sovg'aga olish - bu tush eng og'ir pallada ham diniy ustozingiz sizni tashlab ketmay, sizga nafaqat o'zingizning, balki fazoviy quvvatni o'zingizda mujassamlashtirishga yordam berish alomatidir. Ko'zida yonib turgan sham aks etgan bo'ri tushga kirsa, dinni niqob qilib olgan va o'zini ma'naviyat kurashchisi qilib ko'rsatuvchi, boyishga qaror qilgan, ezgulikni niqob olib hokimiyatga intilayotgan kishidan ehtiyot bo'lishni bildiradi. Qattiq shamol barcha shamlarni o'chirayotganligini tushda ko'rish - ma'naviy yuksalish va yangilanishga bog'liq maqsadlarni amalga oshirishga xalaqit beruvchi yovuzlikdan dalolat beradi. Shamni yoqishga bexuda urinayotganligi tushga kirsa -bu xar qadamda ta'qib qiluvchi va noqulay pallada tusatdan zabt etadigan xavfdan shoxidlik beradi.

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1352 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Kumush yaxshilik, oy timsolidir. Tushda bir parcha kumushni yerdan chiqarib olinayotganlikni ko'rish - bu tush 2003 yil iyulda yangi kon ochilib undan ko'p daromad olishshni bildiradi. Kumushdan yasalgan kuprikni tushda namoyon bo'lishi - pulga sotib olingan shubxali omad, birlashma ekanligidan dalolat beradi. Oy tasviri tushirilgan kumush tangalarni tushda ko'rish - bu shu paytgacha noma'lum, biroq, anchadan buyon Yerga xabar yuborib turgan mavjudotning yerga tashrif etishidan ayonlik beradi. Kumushga to'da bir qancha sandiqlarni tushda ko'rinishi - pul belgilarining ko'p darajali isloxotidan xabar beradi. Kumushni ko'ksi bilan o'rab, qo'riqlab yotgan o'lkan ilonni tushga kirishi - 2001 yoki 2013 yilda g'oyat katta ahamiyatga ega arxeologik qazilma topilib, u xalqaro ahamiyatga ega bo'lishini va qadimiy taraqqiyot tarixi darsligiga o'zgarishlar kiritilishini bildiradi. Kichkina bolg'ani kumush nayzalar bilan to'sib qo'yilganligini tushda ko'rish - kam rivojlangan mamlakatlar o'rtasida agressiyaning o'sib borishidan dalolat beradi. 

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1684 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Chayon qasoskorlikni, buzuqlikni, makkorlikni bildiradi. Agar tushingizda sizni chayon chaqib olganligini ko'rsangiz, o'ngda siz g'iybat va soxta ovozalar qurboni bo'lasiz. Tushga o'lkan qirra chayon kirsa - bu katta o'zgarishlardan dalolat. Sizning chayon o'ldirayotganingiz tushda ko'rinsa, o'ngingizda dushmaningizni makkorona rejalarini barbod qilishga erishasiz. Agar tushingizda o'zingizning chayon burjida ekanligingizni ko'rsangiz - bu, voqealarni sizning foydangizga kutilmaganda o'zgarishlarydan dalolat beradi. Agar siz tushingizda Xitoyliklarning chayondan tayyorlangan g'ayri oddiy taomini tanovvul qilayotgan bo'lsangiz - o'ngda siz shunday kishi bilan uchrashasizki, u sizning xayotingizning tuliqligini ta'minlaydi va o'nta ko'plab ta'assurotlar baxsh etadi.

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2229 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Fil donishmandlik, qudrat, ba'zi hollarda qasoskorlik va shafkatsizlik timsolidir. Agar tushda yelkasida yulduzlar mavjud bo'lgan fil namoyon bo'lsa, bu Amerikada xokimiyatga respublikachilar partiyasi kelishini bildiradi. Agar tushingizda siz oq filni ko'rgan bo'lsangiz, demak, o'ngda siz foydasiz muvaffaqiyatga erishasiz. Tushda o'zingizning o'limingizni ko'rsangiz, sizning yanada uzoq, yashashingizdan guvoxlik beradi. Agar sizga yaqin kishingizni o'layotgani tushda ko'rinsa, bu o'sha kishini uzoq, va baxtli hayot kechirishidan shoxidlik beradi. Ko'plab kishilarning o'limini tushda ko'rish insoniyatning uzoq, yashashidan dalolatdir. Xozirga paytda gapirilayotgan oxirgi zamon yana bir necha ming yillar kelmaydi. Dunyodagi juda muxim kishi o'layotganligi tushingizga kirsa, butun dunyodagi betinchlik va g'alayonlardan ogoh. etadi. To'g'rirog'i, kelajakda haqiqatdan ham juda yuksak martabali odam to'satdan vafot etib, uning o'limidan so'ng siyosiy hokimiyat uchun shavqatsiz kurash boshlanib ketadi. Bu kurash katta fuqarolar urushiga, hatto jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Tushda bemor odamning vafotini ko'rish - unchalik uzoq bo'lmagan vaqt ichida XX asr vabosi OITS davosi topilishini bildiradi. Ushbu dori tufayli kasali yo'qdan ko'plab kishilar o'z dardlariga davo topadilar, birmuncha vaqt o'tganidan so'ng bu ajal keltiruvchi kasallik sayyoramizdan butunlay yo'q qilinadi. Azobli ajaldan vafot etayotgan kishining tushga kirishi yomon alomatdir. Bunday tush kelajakda Chikatilo kabi odam paydo bo'lib, fosh qilingunga qadar ko'plab kishilarning hayotiga zomin bo'lishini bildiradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush uning shunday berahim, balki odamxo'r (monyak) bilan uchratishingizni oldindan xabar beradi. Klinik o'lim xolatidagi kishini tushda ko'rish ta'biri shundayki, kelajakda sizni muvozanat holatidan bir necha yilga chiqarib yuboradigan xodisa ro'y beradi. Bunda sizga dunyoda, mamlakatingizda, shaxringizda, xatto oilangizdagi hamma narsa befarq bo'lib ko'rinadi.

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1312 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


It - sadoqat timsoli, ramzidir. Daydi itni tush ko'rish katta mexnat va mashaqqat bilan to'plangan mol dunyo 2006 yilda osongina sovurilishidan dalolat beradi. Umuman oppoq katta kuchuk tushga kirsa - bu, qishda, shimoliy davlatlar sanoatida va turmush darajasida axvolning yomonlashishi alomatidir. Oyog'ida uyqudagi ilon yotgan itni tushda ko'rish 2001 yilda hech kim kutmagan va hech kim oldindan bilmagan ittifoq tuzilishidan, uning *uzoqga muljallanib it kabi sadoqatli va ilon donishmandligi singari samarali bo'lishidan darak beradi. It qiyofasidagi odam tushga kirsa, bu ko'r odamga va uning yaqin qarindoshlariga ta'alluqli yangi kashfiyotlar belgisidir. Kit bilan munozara olib borayotgan itni tushda ko'rish - yangi qonun asosida jaxonda xaqiqiy muvozanatning vujudga kelishiga yordam beradigan eng kuchli o'lim keltiruvchi qurolning qo'llanilishidan ayon etadi.

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 6435 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda boyqushni ko'radigan bo'lsangiz, bu kelajakda sizni jodugarlik ilmini mukammal egallagan kishi bilan uchrashish kutayotganligini bildiradi. Agar tushingizda ko'p boyqushlar ko'rinsa, bunday tush vaqti kelib yer yuzasida qora kuchlar xukmronlik qilishidan guvoxlik beradi. Tushda boyqushni o'ldirish - bu, o'ngda sizning yovuz kishi ta'siridan qutilishga erishishingizni bildiradi. Agar tushingizda boyqushning ovozini eshitsangiz - bu yomon alomat. Bunday tush kelajakda sizga juda ko'p qayg'u keltiradigan daxshatli xabar olishingizni ayon etadi.

Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1851 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Qamoqxona erksizlik, odamovilik va yolg'izlik timsolidir. Tushda o'zingizni qamoqxonada tutkin holatda ko'rsangiz, demak, o'ngda siz o'ylaganlaringizni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qancha tadbirlar ta'siridan chiqa olmayapsiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan bo'lsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo bo'ladiki, sizning ustingizdan cheksiz xukmronlik qilish ehtimoli mavjud.Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda ko'rinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan bo'lsangiz, bu o'zgalar ta'siridan qutilish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda o'tirganligi namoyon bo'lsa, demak, siz o'z yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suiiste'mol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish - o'ngda siz zudlik bilan yolg'izlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2023 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda asalari qutisini ko'rish bu yaqin kelajakda sizning ko'plab qiyin xal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini ko'zdan kechirayotganliklarini ko'rsangiz, bunday tush unchalik uzoq, bo'lmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat xokimiyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq, ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak bo'lishidan shoxiddik beradi. Asalari uyalarini o'z qo'lingiz bilan yasayotganligingiz tushda ko'rinsa - o'ngda yo'lingizda paydo bo'lgan tusiqlarni osonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda kimningdir uya yasayotganligini ko'rsangiz, bu kelajakda sizning hayotingizga katta ta'sir ko'rsatadigan juda kuchli odam bilan uchrashishingizni bildiradi. Tushingizda asalari uyasiga qulingizni tiqayotganligingizni ko'rsangiz – ko'ngil sovushidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan ko'nglingiz qolishidan guvoxlik beradi. Balki, o'sha, siz hozirgacha o'zingizning eng yaxshi do'st deb xisoblab kelgan odam, aslida yovuz, hasadguy bo'lib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yo'q uyni ko'rish - jiddiy yo'qotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizdan ayrilib, bundan qattiq qaygurasiz.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2261 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Mash'ala - inqilob, yangilanish, o'zgarishlar, maorif timsolidir. Tushda o'zingizni qo'lingizga mash'ala tutgan xolda ko'rish - yaqin vaqt ichida siz diqqat markazida bo'lishingizni va nixoyat o'zingizning diqqatga sazovor rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishigizni bildiradi. Yonayotgan mash'alali kishilarni tushda ko'rish -iztirobga tushish va ichki ziddiyatlar alomatidir. Agar tushingizda o'chgan mash'alani ko'rsangiz, demak, o'ngda o'z rejalaringizni amalga oshirib bo'lmasligidan xafsalangiz pir bo'ladi. Yiqilib tushgan mash'aladan yonish chiqishi inqilobdan dalolat beradi. Tushingizda o'z yo'lingizni mash'ala bilan yoritib borayotgan bo'lsangiz - demak, sizning donoligingiz va hayotiy tajribangiz tufayli eng qiyin vaziyatlardan chiqib keta olishingizni bildiradi. Agar tushingizda qo'lingazda mash'ala bilan kitob oldida turganingiz ko'rinsa, oldindan qilingan bashoratning to'g'riligiga guvoh bo'lishingizdan ayonlik beradi. Tushda mash'alani siqib ushlab turgan qo'lni ko'rish - o'ngda o'zgalar ta'siridan chiqishga urinishingizni va doimo ozod bo'lishni xoxdashingizni bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1241 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda buqalamunni ko'rish - bunday tush kelajakda butun dunyoda o'zgarishlar ro'y berishidan ogoh etadi. Bu o'zgarish butun bir davlat bilan bir qatorda ayrim kishilarga ham ta'alluqlidir. Agar tushingizda buqalamunning o'z tusini o'zgartirayotganini ko'rsangiz - bu, kelajakda bir qarashda yirik va foydali ishni sizga taklif qilishlaridan guvohlik beradi. Bu tush sizga mazkur ishda qatnashmaslikni, aks holda barcha mol-mulkingizdan ayrilishingizni bildiradi. Tushda savodsiz kishi bilan uchrashish - bunday tush ayni paytda sizning muxim ishga qo'l urmasligingizni, chunki siz bundan kelajakda qattiq afsuslanishingizni ogohlantiradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2145 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Cherkov - madaniy yuksalish, ma'naviyat, ozodlik timsolidir. Tushda oltin gumbazli oppoq cherkovni ko'rsangiz - mamlakatda madaniyat, uning axloqiy va ma'naviy asoslari gullab-yashnashidan, umumiy birlashishidan dalolat beradi. Vayron qilingan cherkov tushga kirsa, bu kasallikni, ma'naviy azob chekishni bildiradi.Agar tushingizga sizning cherkov xizmatida ishtirok etayotganingiz kirsa, o'ngda vijdon azobini boshdan kechirasiz. Cherkov qurayotganlikni tush ko'rish - sizning intilishlaringiz va bilimlaringiz yuz karra munosib taqdirlashishiga ishora. Tushda cherkovni ilon urab yotganligini ko'rish - yomon alomatdir. Bu insoniyatga taxdid, chunki butun insoniyat boyliklari yovuzlik tomonidan yakson qilinadi. Agar tushingizda cherkov eshigiga qulf osigliq turganligini ko'rsangiz - extiyot bo'ling! Sizning odamoviligingiz va yolg'izlikka moyilligingiz sizga qadrli va yaqin kishini sizdan uzoqlashtirishi mumkin. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1363 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik - kelajakda sizning o'tmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon bo'lishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat bo'lishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi - kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan o'zgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda qo'l soatini ko'rsangiz, bunday tush o'ylab qo'yganlaringizni ro'yobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat raxbari o'z islohot va loyihalarini amalga oshirishga ulgurmasligini bildiradi. Tushda siferblati yo'q soatdan vaqtni aniqlashga urinayotganlikni ko'rish - yomon alomat. Siz bilan ro'y beradigan voqealar odatdagiga o'xshamaydi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish - yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shoxidlik beradi. Qancha tez yordam ko'rsatilsa, shunchalik yaxshi bo'ladi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2475 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Qoyada o'tirgan odamni tushda ko'rish, uzoq kelajakda tush ko'ruvchi hayotida misli ko'rilmagan voqealar ro'y berib, uning hayotini tubdan o'zgartirib yuborishini bildiradi. Tushda yovuz, zuravon kishini ko'rish, bu hokimiyatga zolim odam kelib, yer yuzasiga urush, ochlik va qashshoqlik olib kelishi alomatidir. Agar tushingizda qashshoq odam ko'rinsa, kelajakda siz katta ko'ngilsizlikka duchor bo'lib, natijada, butun mol-mulkingizdan, boshpanangizdan va sodiq do'stingizdan ajralishingizdan dalolatdir. Agar siz tushingizda bir talay qashshoqni ko'rsangiz, bu ko'pgina xalqlar qashshoqlikda hayot kechirishini bildiradi. Badavlat kishini tushda ko'rish - yaxshi alomatdir. Sizni yaqin kishilaringiz davrasida kam-ko'stsiz hayot kutadi. Agar tushda ko'plab o'ziga to'q odamlar namoyon bo'lsa - butun dunyo xalqlarining baxtiyor hayot kechirishiga ishora. Agar tushingizda yarador kishini ko'rsangiz, bu demak, sizga yaqin kishilardan birining nafaqat uy-joyidan, moddiy boyliklaridan, oilasidan ajralishi, balki o'zining ham jiddiy jarohat olishini ayon etadi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 12487 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (1)


Sana ifoda etilgan taqvimni tushda ko'rish - ushbu ko'rsatilgan sanada tush ko'ruvchi bilan daxshatli hodisa ro'y beradi. Tushda qandaydir xisoblarni amalga oshirish - sizga qarshi o'ylangan yovuzlikni bartaraf etishning uddasidan chiqishingizdan guvoxlik beradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1505 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda katta pishgan olmani ko'rish - tez fursatlar ichida bu yo'q kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. Tush ko'ruvchiga esa bu tush kelajakda ko'plab kishilarning xurmatini kozonishidan darak beradi. Agar chirigan olma tushingizga kirsa - siz shug'ullanayotgan ish muvaffaqiyatsiz tugashini bildiradi. Olma yeyayotganligi tushingizga ko'rinsa - bu sizning taqdiringizga katta ta'sir etadigan go'zal ayol bilan uchrashishingizga ishora. Ehtimol, bu tush, kelgusida dunyo davlatlaridan birining tepasiga ayol kishi kelishidan va u butun dunyodagi qudratli davlatga aylantirishga muvaffaq. bo'lishidan dalolat berayotgandir. Agar siz tushingizda juda ko'p olma ko'rsangiz, bunda kelajakda olma shaklidagi g'alati meva mavjudligi aniqlanadi. Bu meva odamlarga sog'lik, va yoshlik baxsh etadi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2704 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)


Tuxum - yangi hayot vujudga kelishi, tiklanish alomatidir. Tushda tuxumdan qandaydir mavjudotning chiqib kelayotganligini kuzatish - tez fursatlar ichida siz yer yuzasida tirik mavjudotning paydo bo'lishiga guvoh bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Yosh xomilador ayollar shunday tush ko'rsa farzandini muvaffaqiyatli tug'ib olish alomatidir. Tushda g'ayritabiiy katta tuxum topib olish - kelajakda katta g'ayritabiiy xayvon tuxumi topilishini bildiradi. Ehtimol, bu qachonlardir qirilib ketgan dinozavrniki bo'lib chiqar. Agar tuxumni sindirganligingizni tush ko'rsangiz, bu tush sizni jinoyatga qo'l urishingizni bildiradi. Ehtimol, qandaydir tirik mavjudotning hayotiga zomin bo'larsiz. Agar kimdir tuxumni sindirganligini tushda ko'rsangiz, kelajakda beraxmlarcha qotillikning beixtiyor guvoxi bo'lib qolasiz.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4026 | Добавил: ADMIN | Дата: 16.11.2015 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 »
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz