AQShda Mercedes-Benz CLK GTR’ning qo‘lbola yasalgan nusxasi paydo bo‘ldi
Mercedes-Benz CLK GTR — shu kungacha yaratilgan eng zo‘r superkarlardan biri hisoblanadi. Kompaniya uning 28 nusxasini yaratgan, shu sababli u eng noyob modellardan biri hamdir, deb yozadi CARakoom.
Model birinchi bor taqdim etilganida uning narxi 1,5 million dollardan ortiqroqni tashkil etgan bo‘lib, uni sotib oliga hammaning ham qurbi yetmagan. Biroq mashina ishqibozi bo‘lgan bir yigit o‘zining CLK GTR versiyasini yaratishga qaror qildi. Ushbu beso‘naqay nusxa yaqinda AQShdagi avtoturargohlarning birida suratga olingan. Aftidan, u Mercedes-Benz E-Class bazasida yaratilgan, kuzovi esa haqiqiy CLK GTR’ni takrorlashga urinadi. CLK GTR’ning old bamperi yon qirqimlarga ega bo‘lib, u haqiqiy avtomobildagi ventilyatsion teshiklarning imitatsiyasi hisoblanadi. Bundan tashqari, avtomobil ko‘p kegayli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlardan biri avtomobilning orqa o‘qi hisoblanadi. Orqa bir juft eshiklar olib tashlangan yoki nimadir bilan yopilgan va sun’iy havo haydovchi panjaralarga almashtirilgan. Shuningdek, quyruq qismi uzaytirilgan, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan poyga avtomobillar oynasi va tom qismida havo haydovchi panjara majvud. Avvalroq rossiyalik blogerlar “UAZ”dan “Gelendvagen” yasagani to‘g‘risida xabar berilgandi. | |
Категория: DUYNO XABARLARI | | |
Просмотров: 86 | |
Похожие материалы
SHOU-BIZNES habarlari [677] |
MP3 PREMYERA [166] |
MP3 AUDIO ALBOM [5] |
MUNAJIMLAR BASHORATI [63] |
MAXALLIY YANGILIKLAR [380] |
DUYNO XABARLARI [439] |
BOLLEWOOD XABARLARI [8] |
SPORT YANGILIKLARI [289] |
KINO YANGILIKLARI [92] |
YULDUZLAR HAQIDA (HAYOTI) [29] |
MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI [48] |
SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) [43] |
HAYOTIY HIKOYALAR [6] |
MAZMUNLI SO'ZLAR [0] |
DOLZARB MAVZU [21] |
TEXNOLOGIYA [171] |
SEVGI DUNYOSI [26] |
FOTO TAQDIMOT [4] |
FIKR MULOXAZA [119] |
TANQID va TAXLIL [10] |
INTERNET TARMOG'I [35] |
SAYT YANGILIGI [1] |
TANLOVLAR [5] |
SMS SHERLAR [13] |
AVTO OLAM [61] |
TURFA OLAM [5] |
BILASIZMI? [14] |










Добро Пожаловать, Гости
