Ba’zi odamlarga COVID-19 yuqmasligi sabablari ma’lum qilindi

COVID-19 ba’zi kishilarga yuqmasligining uch sababi bor: bunday kishilar boshqa turdagi koronavirus bilan kasallangan yoki yaqinda virusli infeksiyani boshdan kechirgan yoki mahalliy immunitetga ega. Bu haqda RUDN (Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti) yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Sergey Voznesenskiyning so‘zlariga asoslanib “RIA Novosti”  xabar berdi.

Voznesenskiyning aytishicha, antitanalar inson tanasining kasallik qo‘zg‘atuvchi bilan avval yuzlashganini ko‘rsatadigan belgidir. Shu bilan birga, ba’zi odamlar kasalliklarga, masalan, OIVga chalinmaydi.

“Koronavirus infeksiyasi sharoitida bunday odamlar yanada ko‘proq. Ular nima sababdan immunitetga ega ekanligi haqida uzil-kesil xulosa keltirish masalasi hali ilmiy munozara bosqichida turibdi”, — dedi Voznesenskiy.

U keltirgan taxminlardan birinchisi – bu odamda avval boshqa turdagi koronaviruslar keltirib chiqargan kasallik sabab o‘zaro kesishma immunitetning mavjudligidir. Ikkinchi taxmin – koronavirusga yo‘liqishdan oldin odam allaqachon biror virusli infeksiyani boshdan kechirgan va keyinchalik tanada interferon darajasining ko‘tarilganligi bilan bog‘liq. Agar ular ko‘p bo‘lsa, tanada virusli infeksiyalarga moyillik pasayadi.

Uchinchi taxminda immunitetning mahalliy elementlari — nafas yo‘llari shilliq qavatida virusning kirib kelishiga to‘sqinlik qiladigan immunitet komplekslari haqida gap boradi. Bu mexanizmlarning qaysi bir haqiqatan ish berishi ilmiy munozaralarning mavzusi sanaladi, deya qo‘shimcha qildi ekspert.



Категория: DUYNO XABARLARI
Просмотров: 1805 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:22
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |