Bill Geyts koronavirusga qarshi emlandi
Microsoft asoschisi Bill Geyts koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.“Yoshing 65 da ekanligining yaxshi tomonlaridan biri — senda koronavirusga qarshi vaksinani olish imkoniyati borligida. Bu hafta birinchi dozani oldim va o‘zimni ajoyib his qilmoqdaman”, — deydi Geyts. U qaysi dori vositasi bilan emlanganiga oydinlik kiritmagan. AQShda Pfizer/BioNTech hamda Moderna kompaniyasining vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berilgan. Avvalroq, 2020-yilning iyunida Bill va Melinda Geyts xayriya fondi kambag‘al davlatlarni hayot uchun muhim bo‘lgan vaksinalar bilan ta’minlashga besh yil davomida 1,6 milliard dollar ajratishga va’da bergandi. Shuningdek, fond yana 100 million dollarni koronavirusga qarshi vaksinani tarqatishga sarflashni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, AQShda Pfizer va BioNTech vaksinalari bilan aholini emlash 14-dekabr kuni boshlangan bo‘lib, birinchi va ikkinchi doza orasidagi muddat 21 kunni tashkil etadi. 15-yanvar holatiga ko‘ra, AQShda COVID-19’ga qarshi emlanganlar soni 10 million kishidan oshgan. | |
Категория: DUYNO XABARLARI | |
Просмотров: 213 | |
Похожие материалы
SHOU-BIZNES habarlari [677] |
MP3 PREMYERA [166] |
MP3 AUDIO ALBOM [5] |
MUNAJIMLAR BASHORATI [63] |
MAXALLIY YANGILIKLAR [385] |
DUYNO XABARLARI [443] |
BOLLEWOOD XABARLARI [9] |
SPORT YANGILIKLARI [289] |
KINO YANGILIKLARI [92] |
YULDUZLAR HAQIDA (HAYOTI) [29] |
MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI [48] |
SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) [43] |
HAYOTIY HIKOYALAR [6] |
MAZMUNLI SO'ZLAR [0] |
DOLZARB MAVZU [21] |
TEXNOLOGIYA [171] |
SEVGI DUNYOSI [26] |
FOTO TAQDIMOT [4] |
FIKR MULOXAZA [119] |
TANQID va TAXLIL [10] |
INTERNET TARMOG'I [35] |
SAYT YANGILIGI [1] |
TANLOVLAR [5] |
SMS SHERLAR [13] |
AVTO OLAM [61] |
TURFA OLAM [5] |
BILASIZMI? [14] |










Время: 07:36
Добро Пожаловать, Гости
Добро Пожаловать, Гости

Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |