Buxoroda korxona rahbarlarini qo‘rqitib, 30 ming dollar talab qilgan ishchilar ushlandi

Buxoro viloyatida korxona direktori va bosh hisobchisining noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlangan videoni internetga tarqatib yubormaslik uchun pul talab qilgan ishchilar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “K” nomli korxona ishchilari Sh.Sh., B.A. va O.X. oldindan til biriktirib, jamiyat direktori va bosh hisobchisini go‘yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan videoyozuvlarni internetda tarqatish hamda bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitib kelgani aniqlangan.

Ular ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga korxona mas’ullaridan tovlamachilik yo‘li bilan 30 ming AQSh dollari talab qilgan. Kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh., B.A. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda ayolning yarim yalang‘och holda raqsga tushgani aks etgan videoni internetda tarqatmaslik uchun 50 ming dollar talab qilgan erkak qo‘lga olingani, Namanganda fuqaroning o‘zga bilan janjallashgani aks etgan videosini internetda tarqatmaslik evaziga undan 100 dollar talab qilgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 322 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |