Disney 20th Century Fox studiyasi nomini 20th Century Studios’ga o‘zgartiradi

20th Century Fox kinostudiyasiga egalik qiluvchi Disney kompaniyasi uning nomini o‘zgartirishga qaror qildi, deb  xabar berdi. Meduza.

Qayd etilishicha, kinostudiya nomidan Fox so‘zi olib tashlanadi, studiya 20th Century Studios deb qayta nomlanadi.

Disney shuningdek kinostudiyaga tegishli kinokompaniya Fox Searchlight nomini ham Searchlight Pictures’ga o‘zgartiradi.

O‘zgarishlarga nima sabab bo‘lgani oshkor qilinmayapti.

The New York Times’ning taxmin qilishicha, Disney shu yo‘l bilan avval studiyaga egalik qilgan Fox mediakorporatsiyasidan uzoqlashishni maqsad qilgan.

Kinostudiya nomi 20th Century Studios sifatida ko‘rsatilgan ilk film 19-fevral kuni ekranlarga chiqadi. Xarrison Ford bosh rolni ijro etgan ushbu kartina “Ajdodlar chaqirig‘i” deb nomlanadi.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 273 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |