O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi topildimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelish holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 12 fevral kunigacha 834 ta namuna koronavirus infeksiyasida tekshirilib, namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 11 fevral kuni olingan rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 44730 nafar, dunyo bo‘yicha 45169 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o‘sish 4,7 foizni (2022 nafar) tashkil etdi.
Kasallanganlarning 1114 nafari ushbu koronavirusdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 25 ta davlatda 439 nafar fuqaroda qayd etilgan. Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida 12 fevral kunigacha 834 ta namuna koronavirus infeksiyasida tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”ga joriy yilning 11 fevral kuni xorijiy davlatlardan 30 ta samolyot qabul qilinib, 3873 nafar fuqaro, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 5 ta poezdda jami 1121 nafar fuqaro, Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlar orqali 45252 nafar fuqaro termometriyadan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, joriy yilning 12 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.
O‘zbekiston aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.
Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xubey provinsiyasida o‘tgan bir kun ichida koronavirus qurbonlari soni keskin ko‘payib, umumiy soni 1367 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni bir kun ichida 14840 nafarga ko‘paygan.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 4497 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |