O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 271 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi



O‘zbekistonda 2-iyun kuni yana 271 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 1-iyun kuni 231 nafar, 31-may kuni 160 nafar, 30-may kuni 211 nafar, 29-may kuni 280 nafar, 28-may kuni 264 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida
6 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
5 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
40 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
24 nafari Farg‘ona viloyatida,
7 nafari Xorazm viloyatida,
37 nafari Toshkent viloyatida,
124 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 100 997 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Andijonda 26 nafar, Buxoroda 6 nafar, Qashqadaryoda 12 nafar, Navoiyda 3 nafar, Samarqandda 37 nafar, Farg‘onada 14 nafar, Xorazmda 15 nafar, Toshkent viloyatida 72 hamda Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96 889 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 693 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3415 nafar bemor davolanyapti.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: bir sutka, ichida, O‘zbekiston, yana 271, o‘tgan, Kishi, Koronavirus
Просмотров: 204 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:24
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |