O‘zbekistonda so‘nggi bir sutkada 507 kishida koronavirus, 436 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Uch bemor vafot etdi


O‘zbekistonda 17-iyul kuni 507 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 119 388 nafarga yetdi, deb  xabar bermoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanganlarning:

  • 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 55 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 45 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 41 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 38 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 55 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 436 kishida pnevmoniya aniqlangan.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 478 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44 nafar, Andijon viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 45 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 35 nafar, Surxondaryo viloyatida 73 nafar, Farg‘ona viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida 36 nafar, Toshkent viloyatida 47 nafar, Toshkent shahrida 81 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 114 303 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 796 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz,  16-iyulda 501 kishida koronavirus, 416 kishida pnevmoniya,  15-iyulda478 kishida koronavirus, 357 kishida pnevmoniya,  14-iyulda 493 kishida koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlangandi. Shu kunlar davomida 4 nafardan bemor vafot etgan.

Mamlakatda kasallikka chalinish holatlari ortayotgani sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. 20-iyuldan boshlab restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 08:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga  ruxsat beriladi. O‘zbekistonda OTMlarga kirish test sinovlari ham ochiq maydonlarda o‘tkazilishi  belgilandi. Qurbon hayiti namozi o‘qilishi bekor qilindi. Juma namozlari ham vaqtincha  o'qilmaydi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: sutkada, Uch, Koronavirus, Bir, 436, etdi, kishida, bemor, 507, so‘nggi, O‘zbekiston, tasdiqlandi, pnevmoniya, vafot
Просмотров: 49 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |