“O‘zgidromet” 1-avgust — OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan kun qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi


 
“O‘zgidromet” 2021-yil 1-avgust — OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan kun qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning yoz oylari qolgan yillarga nisbatan salqinroq bo‘lgan. Jumladan, 2020-yilning mutlaq maksimal havo harorati 40,2 daraja issiqni tashkil etgan, bu qiymat 2019-yilning mutlaq maksimal havo haroratidan 2,3 darajaga, 2018-yildan esa 2,8 daraja salqinroq bo‘lgan. Bunday holat 2020-yil 1-avgust kunida ham kuzatilgan. Shu kuni havo harorati 2019-yilning 1-avgust kunidagi maksimal havo haroratidan 6,5 darajaga, 2018-yilning 1-avgustidan esa 3,7 daraja salqinroq bo‘lib, 32,5 daraja issiqni tashkil etgan.

“2021-yilning 1-avgust kuni havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu kuni ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi (10—20 foiz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor). Shamol o‘rtacha tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

“O‘zgidromet”ning qayd etishicha, yuqori havo harorati inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U terlashga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida organizmni suvsizlanishiga, mineral suvlar va foydali vitaminlarni yo‘qolishiga, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqishi, nafas olish tezligini oshirishi hamda e’tiborning zaiflashishi, reaksiyani pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ob-havo sharoitining inson organizmiga ta’sirining yumshatish maqsadida “O‘zgidromet” quyidagilarni tavsiya etgan:

  • respublikada odatda havo haroratining yuqori darajaga ko‘tarilishi 12:00 dan 15:00 lar davriga to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqib test sinovlari soat 09:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqtda o‘tkazish;
  • imtihonlarni iloji boricha bino ichida yoki salqin joylarda o‘tkazish;
  • abituriyentlarni muntazam ravishda ichimlik suvlari bilan ta’minlab borish.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: DTM, abiturient, OTM
Просмотров: 1040 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:19
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |