Prezident taklifi bilan 23 yoshida Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan Saidakbarxon Akbarov nima sababdan lavozimidan ketgani ma’lum

 

Tashkent City’dagi Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida 18-dekabr kuni “Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda bir qancha vazirlik rahbarlari forum ishtirokchilarining savollariga javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning iyun oyida Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent xalqaro Vestminster universiteti talabasi Saidakbarxon Akbarov Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosarligiga nomzod sifatida taklif etilgandi. Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Saidakbarxon Akbarov Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi  etib tayillangan. 

“Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ham yoshlar tomonidan yo‘llangan savollarga o‘z munosabatini bildirdi. Xususan, 23 yoshida hukumat qarori bilan Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Saidakbarxon Akbarovning oradan hech qancha vaqt o‘tmay nima sababdan lavozimidan ketganiga izoh berdi.

“U yigitimiz ishga juda yaxshi kirishdi. Bu juda katta lavozim va katta mas’uliyat talab qiladi. Bunday lavozimda ishlagan odam butun vaqtini ishga bag‘ishlashi kerak. Saidakbarxon hali diplomga ega emasligi uchun o‘zi bu lavozimdan ketishini aytdi. Diplom olishi kerakligini va o‘zini biznesda sinamoqchi ekanini ta’kidlab, qo‘yib yuborishimizni so‘radi.

Tashkilot rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlash uchun juda katta tajriba kerak. Saidakbar uchun bu tajriba bo‘ldi. Biz unga qo‘ldan kelgancha yordam berdik. Ammo uning o‘zi bu lavozimdan xohishi bilan ketishni so‘radi”, –  dedi Abduhakimov.

Ma'lumot uchun, Saidakbarxon Akbarov birinchi Markaziy Osiyo yoshlar turistik forumini o‘tkazish tashabbusi bilan  chiqqan edi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 2739 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:45
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |