Priyanka Chopra Nik Jonas bilan kutilmagan unashtiruvi, masofadagi munosabatlar va maxsus tatuirovkalari haqida so‘zlab berdi


 
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra bir necha yil oldin Hindistondagi aktrisalik karyerasini Amerikada davom ettirishdan qo‘rqmadi. Uning intilishlari muvaffaqiyatli tarzda kechdi. Natijada Priyanka dunyo miqyosida shuhrat qozondi, bir necha filmlarda rol ijro etdi va mashhur musiqiy guruh a’zosi – Nik Jonas bilan turmush qurdi. Bir necha kun davom etgan juftlikning shov-shuvli to‘yidan so‘ng ularni bilmaydigan insonlar ham tanib oldi. Endi esa Britaniyaning Elle jurnali yuziga aylangan aktrisa suhbat chog‘ida juda qiziq ma’lumotlar bilan ham  bo'lishdi.

Kutilmagan unashtiruv

Men bunday taklifni kutmagan edim… Sababi uchrashganimizga ikki oygina bo‘lgan edi. Bir kun kelib shunday bo‘lishini bilsam-da, umuman, hayratda qolgandim. Natijada ushbu vaziyatni o‘z nazoratim va ishonchimdan xalos etishga qaror qildim. Shundan keyin ikki yil davomida uchrashib turdik. Vaqti-vaqti bilan yozishmalardan keyin jiddiyroq bo‘lishni xohladim.

O‘sha paytda barcha bilan o‘rnatilgan munosabatlarimda tanaffus qilgandim. Hech kim bilan alohida tuyg‘ularga berilishni istamas edim. Ammo Nikka nisbatan qandaydir o‘zgacha narsani his etardim va shu sababdan qayerda bo‘lsak ham aloqada bo‘lib turardik. Turmush o‘rtog‘imning o‘ziga xos xususiyatidan biri – qat’iylik! U nimani istasa, shunga erishadi. Agar u biror narsaga amin bo‘ldimi, demak, u aniq bo‘lib chiqadi.


Tatuirovka

Nikoh qurganimizda Nik menga uning barcha fikrlariga yaqin ekanimni aytgan. Shuning uchun nikohimizning bir yilligi munosabati bilan tatuirovka tushirishga qaror qildik: mening qulog‘im va uning qo‘lida.

Masofaviy munosabatlarBiz uch haftada bir ko‘rishamiz. Qayerda bo‘lmaylik, bir oyda ikki kunga bir-birimizning oldimizga uchib boramiz. Bu to‘ydan keyin bizning odatimizga aylandi. Bo‘lmasa, ko‘rishishning imkoni bo‘lmaydi.

Hamkasblarimiz ham oila qurgan va ular bu masalada quyidagicha so‘zlashadi: “U ertaga band bo‘ladi”, “Biz bunday qila olmaymiz”, “Bo‘sh bo‘lgan kunimizda”, “Buni o‘zgartirishimiz kerak” — bu shunchaki er-xotinlarning suhbati.


Albatta, oradan kam vaqt o‘tmadi, ammo buning barchasi bir lahzani tashkil etadi. Bu juda g‘alati… Menda shunday his borki, u bilan uchrashmasimdan avval hayot qanday bo‘lganini hatto eslolmayman ham.

Ikki yillik nikoh 



Категория: BOLLEWOOD XABARLARI
Просмотров: 2367 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |