Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi

Taniqli jurnalist, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11-dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi, deb  xabar berdi.“Gazeta.uz”.

Jurnalistni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o‘rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar bergani, ushbu ma’lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olinganini aniqlagan.

Abdukarim Mirzayevning turmush o‘rtog‘i bu holatga izoh berar ekan, oxirgi vaqtlar, ayniqsa, so‘nggi ikki-uch oyda ko‘rsatuvlari internetda katta qiziqish bilan kuzatilayotgan jurnalistga nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning ko‘pgina davlatlaridan muxlislari qo‘ng‘iroq qilib, hurmatini bildirgani, ayrimlari oilaviy muammolarini aytib, undan maslahat so‘raganini ta’kidlagan. Bunday vaziyatda qo‘ng‘iroq qiluvchi shaxsning kimligi, maqsadlarini aniqlash, umuman, vaziyatni nazorat qilish mutlaqo imkonsiz ekanini aytgan.

Shuningdek, jurnalist hibsga olinishidan 10 kuncha oldin, aniqrog‘i 28-noyabr kuni kunduzgi 12:20-13:30 lar oralig‘ida oilaviy hordiq chiqarish va videolavha tasvirga olish maqsadida Istanbulning Marmara dengizi yoqasidagi Floria sohiliga chiqqanida zamonaviy kiyingan (shimda) to‘rt ayol (ikki nafari 35-40, ikki nafari 16-17 yoshlarda) ulardan telefon qilib olishni so‘ragani, shundan keyin Abdukarim Mirzayevning telefoniga turli raqamlardan erkaklar qo‘ng‘iroq qilgani, SMS xabarlari yozganini ta’kidladi. Ushbu voqeadan keyin yangi olingan mobil telefoni sekin ishlashni, qotib qolishni ham boshlagan.

10-dekabrdan 11-dekabrga o‘tar kechasi yarim oqshomda zirhli avtomobillarda kelgan qurollangan va harbiy libosdagi to‘rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o‘tkazgan. Ular uydan hech qanday shubhali narsa topa olmagan va qo‘shnilar guvohligida hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgan. Keyingi kuni yollangan advokat u bilan uchrashgan, politsiyaga jurnalistning shubhali shaxslar bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini isbotlovchi dalil va hujjatlarni taqdim etgan. Shubha va gumonlar o‘z tasdig‘ini topmaganidan so‘ng uni mamlakatdan deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqarib, Migratsiya idorasining chet elliklarni saqlash bo‘limiga yuborishgan. Ayni vaqtda deportatsiya to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish, kuzatuvni to‘xtatish to‘g‘risidagi da’vo tayyorlanmoqda. 

Ma’lumot uchun,  Abdukarim Mirzayev— o‘zbekistonlik jurnalist, kinorejissor va bloger. 2010-yildagi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan voqealarni yoritib bergan “Dardga davo istab” nomli filmi bilan mashhur bo‘lgan. Filmda har ikki xalq ziyolilari vakillari tomonidan mavjud vaziyatdan chiqish, qonli voqealar natijasida yo‘qolgan azaliy yaxshi qo‘shnichilik an’analarini tiklash yo‘llari muhokama qilinadi.

Avvalroq “Ziyo.uz” portali asoschisi Davronbek Tojialiyev Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilingani to‘g‘risida  xabar bergandi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari
Просмотров: 970 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:46
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |