Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari: “Noqonuniy reklama konstruksiyalarini kim o‘rnatdi, ularning javobgarlik darajasi qanday?”

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev huquq-tartibot idoralari poytaxtda noqonuniy reklama konstruksiyalari paydo bo‘lgani, lekin bunga hech kim e’tibor bermaganiga huquqiy baho berishi kerakligini aytdi. Bu haqda u tashqi reklama bannerlari bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida Toshkentda o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng “O‘zbekiston 24” telekanaliga ma’lum qilgan.

 
“Bugun biz bir-biriga qarama-qarshi fikrlarni eshitdik. Bu to‘g‘ri va normal holat. Aytadilar-ku, haqiqat — o‘rtada. Ushbu ochiq muloqot bizga oltin o‘rtalikni topishga yordam beradi. Juda to‘g‘ri gapirildi. Shunday noqonuniy qurilmalar paydo bo‘lgan ekan, nega shu vaqtgacha hech kim bunga e’tibor qaratmadi va nima uchun shu paytga kelib endi harakat qilishni boshladik? Darhaqiqat, bu fikrga qo‘shilaman, huquq-tartibot idoralari ushbu faoliyatga o‘z bahosini beradi deb o‘ylayman. Boshqa tomondan, ushbu konstruksiyalarni kim o‘rnatdi? Ularning javobgarligi qay darajada?” — degan Furqat Mahmudxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 8-apreldan boshlab reklama konstruksiyalarini ommaviy buzib tashlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tashqi reklama obyektlarining egalari konstruksiyalar qonun bo‘yicha o‘rnatilgani, “snos” bo‘yicha ko‘rsatma “yuqoridan” bo‘lganini ma’lum qilgan. Tadbirkorlar hozirga qadar 300 dan ortiq bannerlarni olib tashlagan hukumatning harakatini noqonuniy deb atab, bu borada tushuntirish talab qilmoqda.

Savdo-sanoat palatasi reklama bannerlari nima sababdan buzilayotganiga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent hokimligiga so‘rov yubordi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahrida joylashgan 6630 ta konstruksiyaning 3207 tasi yoki 50 foizga yaqinida kamchilik aniqlanganini ma’lum qildi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Xokim, reklama, Hokim, toshkent
Просмотров: 55 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2021 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |