Vazir o‘rinbosari: Gaz yo‘qligi tufayli elektr stansiyalari ishlamayapti

18-yanvar kuni Energetika vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning “O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga qachon barham beriladi?”, degan savoliga javob berdi.

“Biz diversifikatsiya qilmasdan turib, energiya ishlab chiqarish taqchilligiga barham berolmaymiz. Sababi neft-gaz sohasiga investitsiyalar oxirgi 25 yilda deyarli qilinmagan. Issiqlik elektr stansiyalarida quvvat mavjud. Elektr energiyasini ishlab chiqarishga bemalol imkoniyatimiz ham yetarli, lekin yoqilg‘i taqchilligi bor. Gaz yo‘qligi tufayli elektr stansiyalari ishlamayapti. Bu ko‘proq elektr energetikaga emas, neft-gaz sohasiga bog‘liq. Demak, ular belgilangan miqdordagi tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha rejani bajarishsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha reja so‘zsiz bajariladi.

13 ming megavatt quvvatimiz bor. Shu kecha-kunduzda foydalanayotganimiz 10 ming megavatt yoqilg‘i bo‘lsa, qolganidan ham foydalanamiz”, dedi vazir o‘rinbosari.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 455 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:11
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |