5-mart kuni Sochi shahrida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi


7—16-mart kunlari Rossiyaning Sochi shahrida XI qishki Paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umidjon Ahmadjonov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari 4-mart kuni Sochi shahriga jo‘nab ketdi. 5-mart Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur musobaqada 47 davlatdan 1600 nafar sportchi 72 ta medallar jamlanmasi uchun bellashadi. Paralimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi, chang‘i poygasi, slej-xokkey, biatlon va kerling (kolyaskada) sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

XI qishki Paralimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini Yevgeniy Slepov va Ramil Gayazovlar himoya qiladi. Har ikki sportchi ham 2013-yili Gollandiyaning Landgraf shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan. 

Yevgeniy Slepov snoubord musobaqalarida bahslarga kirishsa, Ramil Gayazov tog‘ chang‘i sporti bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashadi. Ulardan birinchi bo‘lib bahslarni 13-mart kuni (Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da) Ramil Gayazov boshlab beradi. 14-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Yevgeniy Slepov bahslarga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, XI qishki Paralimpiya o‘yinlarining ochilish tantanalari 7 -mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Ushbu marosimda O‘zbekiston bayrog‘ini Ramil Gayazov maydonga olib chiqadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Sochi
Просмотров: 1306 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:50
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz