Sochida XI qishki Paralimpiya o‘yinlariga start berildi

7-mart, juma kuni Sochida XI paralimpiya o‘yinlari mash’alasi yoqildi, deya xabar bermoqda "RIA Novosti”.

Paralimpiada mash’alasini "Fisht” stadioniga Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha to‘rt karra chempioni Aleksey Ashapatov keltirdi. Bundan tashqari, Paralimpiadaning ko‘p karra chempionlari Olga Semenova, Taras Krijanovskiy, Oksana Savchenko, Olesya Vladikina va Sergey Shilov ham estafetada ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Paralimpiada bayrog‘i ham ko‘tarildi. Uni 8 kishi olib chiqdi. Ular orasida Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, zaif ko‘ruvchilar orasida suzish bo‘yicha besh karra Paralimpiada o‘yinlari chempioni, aktyor Yegor Beroyev, "Adolatli ko‘mak” xayriya jamg‘armasi rahbari Yelizaveta Glinka va boshqa sportchilar bor edi.

XI qishki Paralimpiya o‘yinlari 2014-yilning 7—16-mart kunlari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada 47 davlatdan 1 600 nafar sportchi g‘oliblik uchun bellashadi. Paralimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi, chang‘i poygasi, slej-xokkey, biatlon va aravada kyorling sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Yevgeniy Slepov va Ramil Gayazov himoya qiladi. Har ikkala sportchi ham 2013-yili Gollandiyaning Landgraf shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Sochi
Просмотров: 1055 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz