8-aprel kuni O‘zbekistonda ro‘y bergan uch YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

8-aprel kuni O‘zbekistonda ro‘y bergan uch YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, O‘zbekiston IIVga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

O‘sha kuni soat 15:20 da Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 1972-yili tug‘ilgan Sh. Atajonov boshqaruvidagi Cobalt avtomobili yo‘l chetida ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi, uning rafiqasi va voyaga yetmagan o‘g‘li esa shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Sh. Atajonovning opasi U. Atajonova voyaga yetmagan nabirasi bilan shifoxonaga yotqizildi.

Soat 17:05 da Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 1996-yili tug‘ilgan fuqaro M. Muxtorov Nexia avtomobilini boshqarib ketayotib oldinda ketayotgan Matiz’ga urilib ketdi. So‘ng u boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib ketdi va “VAZ-2107” mashinasiga urildi. To‘qnashuvdan so‘ng “VAZ”da yong‘in kelib chiqdi. Uning haydovchisi va ikki yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Uchinchi yo‘lovchi va Nexia haydovchisi shifoxonaga yotqizildi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, “VAZ”ning uchinchi yo‘lovchisi ham shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Soat 21:30 da Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 1992-yili tug‘ilgan fuqaro J. G‘aniyev boshqaruvidagi Lacetti “Moskvich-412”ga urildi. Natijada “Moskvich” qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib ketib, Istana avtomobiliga urildi. “Moskvich”ning ikki yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi, shuningdek, J. G‘aniyev shifoxonaga yotqizildi.

Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni Samarqandda ro‘y bergan YTHda sakkiz kishi halok bo‘lgan edi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: 8-aprel, avto halokat
Просмотров: 850 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz