Toshkentda Porcshe Panamera bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi


O‘zbekistonda sanoqli bo‘lgan Porcshe Panamera avtomobili halokatga uchradi.
Telegram messenjeridagi Voditeli Tashkenta guruhidagi foydalanuvchilarning xabar berishicha, 8 dekabr kuni poytaxtning Oloy bozoriga yaqin hududda Porcshe Panamera avtomobili bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilayotgan izohlarga qaraganda, katta yo‘lda soatiga 60 km. teklikda harakatlanib kelayotgan avtomobil yo‘lning namligi hisobiga muvozanatini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi temir to‘siqlarga borib urilgan.

Ko‘p o‘tmay Facebook.com ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Davron Akhmedkhodjaev mazkur avtohalokatdan keyin avtomobilning umumiy holati tasvirlangan videoni internetga joylashtirdi.
O‘zbekistonda sanoqli bo‘lgan Porcshe Panamera avtomobilining taxminiy narxi 85 ming AQSh dollari deb baholanyapti. Shuningdek, bu mashina avtomobillarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan mashhur RSB kompaniyasiga tegishli deb taxmin qilayotganlar ham yo‘q emas.

Avtohalokat oqibatida jarohatlanganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Qamariddin Shayxov


Категория: AVTO OLAM | Теги: toshkent, avto halokat, Porcshe Panamera
Просмотров: 1944 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz