Abu-Dabida qizlarni fohishalikka majburlagan xorazmlik ayolning qilmishlari fosh etildi

Turmushimizning go‘zal va farovon bo‘lishi yo‘lida hamda farzandlarimizning kelgusida barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida beminnat xizmat qilib, yurtimizda qadr topayotgan opa-singillarimiz talaygina. Ammo, Yaratganning go‘zal xilqati nomiga dog‘ tushirib, jinoyat ko‘chasiga kirgan ayrim xotin-qizlarni ko‘rib, ularga nisbatan nafrating ortadi.

Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi X.Noilani ham ana shunday inson nafratiga loyiq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, u Xorazm viloyatida yashovchi bir necha yosh qizlarni 2017 yil aprel oyida aldov yo‘li bilan Birlashgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi shahriga chaqirtirib olgan. Ularni qariyb to‘qqiz oy davomida, ya’ni 2017 yilning dekabr oyiga qadar turli erkaklar bilan pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagan. O‘z vatandoshlaridan shahvoniy maqsadlarda foydalanib kelgan.

Jirkanch illatlari orqali millatimiz tomiriga bolta urayotgan, inson qadridan pulni baland qo‘yadigan bunday shaxslarni aniqlash va ularning qilmishiga yarasha qonun oldida javobgarlikka tortish huquqni muhofaza qiluvchi organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Xorazm IIB tomonidan olib borilgan maxsus tadbirlar natijasida X.Noilaning ham qilmishlari fosh etildi, deb yozadi O‘zA.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: qizlar, Abu-Dabi, fohisha
Просмотров: 2465 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz