Afg‘onistonda ruhiy kasallar qorong‘i “zindon”da davolanadi

.
Afg‘onistonning Samar Xel qishlog‘ida Mia Ali Bobo nomli, uch asrdan beri ruhiy kasallarni noan’anaviy ravishda davolaydigan dargoh ish olib boradi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Davolash kursi 40 kundan iboratdir. Bemor derazasiz, qorong‘i, shifti past xonada saqlanadi. Unga non va suvdan boshqa hech nima berilmaydi.

Bu yerga oliy ma’lumotli psixolog depressiya, deb tashxis qo‘yadigan barcha odamlar keltiriladi. Muassasa xizmatchilari bemorlarning ichiga jin va shayton kirib olgan, deb hisoblaydi. Yuvinish, cho‘milish haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Qarindoshlari tomondan olib ketilmagan bemorlar “zindonda” yetti-sakkiz oylab qolib ketishi, ba’zan shu yerda vafot etishlari ham mumkin. Faqatgina non va suv iste’mol qilish bemorlarning sillasini quritib, olamdan o‘tishiga sabab bo‘ladi. Vafot etgan bemorlar muassasa hovlisiga dafn etiladi.

Muassasaga nomi berilgan Mia Ali Bobo 1625 yilda dunyoga kelgan. Mazkur muassasada uning avlodlari xizmat qiladi. U o‘ylab topgan davolash usuli avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: davolanadi, qorong‘i, ruhiy kasallar, zindon, Afg‘oniston
Просмотров: 985 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz