Afg‘onistonning Parvon viloyatidagi portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi


Afg‘onistonning markaziy qismida joylashgan Parvon viloyatidagi portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va 17 nafar odam jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Terak hudkush tomonidan amalga oshirilgan. O‘lganlar va yaralanganlar orasida polisiya xodimlari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Bundan tashqari "Tolibon" harakati jangarilari Puli-Xumri shahrida joylashgan Bag‘lon viloyatining gubernatori o‘rinbosari idorasiga raketalar bilan zarba bergan. Raketalardan biri bino tomini buzib yuborgan. Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jatrohatlandi. Gubernator o‘rinbosari esa jarohat olmagan.

So‘nggi paytlarda Afg‘onistondagi vaziyat bir muncha yomonlashdi. Oldin mamlakat qishloq xo‘jaligi tumanlarining asosiy qismiga egalik qilgan “Tolibon” radikal harakati, endi katta shaharlarga hujum uyushtirmoqda. Afg‘oniston hududida DAIShning ham ta’siri kuchaymoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida ham toliblar tomonidan Bag‘lon viloyatida terakt amalga oshirilib, uning oqibatida O‘zbekistondan keladigan elektr liniyasi zarar ko‘rgan edi. Natijada, poytaxt Qobul shahri elektr ta’minotisiz qolgan edi.
Ruslan Sulaymonov


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: portlash, Afg‘oniston
Просмотров: 1194 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:27
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz