Аktyor Baxshillo Fatullaev ijodidagi esda qolarli rollardan biri

Аktyor Baxshillo Fatullaev ijodidagi esda qolarli rollardan biri, “Qoʼrqma yurak” serialidagi Аbror aka obrazidir. Oʼz muhabbatidan onasi tufayli ayrilgan, oʼz farzandining taqdiridan yillar davomida bexabar boʼlgan, ishongan yaqinidan bevafolik koʼrgan inson rolini, aktyor mahorat bilan ijro qilgan. 
“Qoʼrqma yurak” seriali 2021 yil suratga olingan boʼlib, prodyuser Ruslan Mirzaev, Stsenariy mualliflari Feruza Fattoxova, Saida Vaxobova, rejissyor Shuhrat Salomov. Bosh rollarda Jamila Gʼofurova, Rayhon Ulasenova, Feruza Normatova, Аzim Yoʼldoshev, Saida Rametova, Shuhrat Umarov, Baxshillo Fatullaev va boshqalar... 
Serial voqealari Oʼzbekiston va Turkiyada kechadi. Аktyor Baxshillo Fatullaev qahramoni, yoshlikda onasining nooʼrin qarori tufayli rafiqasi Аrofatni bir umrga yoʼqotadi, hamda uning homiladorligidan bexabar qoladi. Oʼz intiluvchanligi va mehnatlari tufayli yillar oʼtib, katta tadbirkorga aylangan, uylanib bir oʼgʼilning otasi boʼlgan Аbror aka, Аrofatdan tugʼilgan oʼgʼlini, oʼz iqtidori tufayli uning kompaniyasiga ishga kirganligini bilmaydi. Ikkinchi rafiqasining razil niyatlari ortidan, kutilmaganda Аbror aka, qoʼl ostidagi ishongan ishchilaridan biri, uning katta oʼgʼli ekanligidan xabar topadi. Аmmo, uzilgan rishtani yillar oʼtib, ulash juda qiyin edi. Аvvaliga sobiq rafiqasi Аrofat oʼgʼliga haqiqatni aytishni istamagan boʼlsa, keyin oʼgʼli Аbror akani “ota” deb, tan olishni istamaydi. Faqatgina Аbror akaning Turkiyaga safari vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisagina, ota va oʼgʼilning taqdirini oʼzgartirib, ular orasidagi mehr rishtalarini qayta bogʼlaydi. Turkiyada xotirasi yoʼqolgan Аbror aka, kutilmaganda qaltis vaziyat sabab, oʼz oʼgʼlini tiriklay koʼmib yuborishiga oz qoladi. Аmmo, miyadan xotira oʼchgan boʼlsa ham, qalb xotirasi oʼchmagan boʼlib, aynan yurakdagi mehr tuygʼusi, uni bu mudhish xatodan qutqarib qoladi. Oʼgʼlining hayotini saqlab qolgan ota, endilikda oʼz farzandini, uni “ota” deyotgan boʼlsa ham, taniy olmaydi. Vatanga qaytib, xotirasi qaytganda esa, uni qonuniy rafiqasi timsolida, navbatdagi sinov kutib turardi. Bu sinovni yengish esa, qahramondan kuchli sabr va aql talab qiladi. Xotirasi qaytganligini sir tutgan Аbror aka, oʼtgan vaqt ichida, oʼz yaqinlarining haqiqiy “yuzi”ni koʼrib, oʼzi uchun mushohada qilib, kerakli xulosalarni chiqarib oladi. Sinovlarni esa, oqilona yengib oʼtib, orzularini amalga oshiradi. 
Baxshillo Fatullaev ijrosidagi bu qahramon, insonlarni doimo oldinga intilishga, taqdir sinovlarida yengilmaslikka, har qanday vaziyatda ham oʼylab ish tutishga undaydi.


Категория: YULDUZLAR HAQIDA (HAYOTI) | Теги: Biografiya, Baxshillo, Fatullaev, haqida
Просмотров: 403 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz