Sochlar parvarishi haqida siz bilmaganlar…


Hech kimga sir emaski, soch ayol go'zalligining muhim elementi hisoblanadi. Ammo sochning tezda kirlanib qolgani juda xunuk holat. Albatta, buning sabablari turlicha. Bugungi maqolamizda tez kirlanadigan sochlarning toza saqlanishiga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo'lishishga qaror qildik. Umid qilamizki, tavsiyalarimiz sizga asqatadi.

Quruq shampundan
foydalaning

Ba'zida yuvilgan sochlar ikkinchi kundayoq kirlanishni boshlaydi. Bu esa ko'plab ayollarni qiynaydigan muammo. Bunday paytda ko'pchilik sochlarini yuvishga oshiqadi. Lekin sochlarni tez-tez yuvish yaxshi natija bermasligi mumkin. Bunda sizga quruq shampun yordam beradi. Ha, bu allaqachon kashf etilgan vosita. Shampun soch ildizlariga surtiladi. Uni yuvish kerak emas. Yana yaxshi bir tomoni, kunning istalgan vaqtida istalgan joyda sochni hamda turmakni yangilab olish mumkin.

Bu shampun soch ildizlari yog'li, uchi esa quruq bo'lgan soch sohibalariga juda qo'l kelishi mumkin.

Lekin shuni unutmangki, har narsada me'yor bo'lgani yaxshi. Bu shampundan ham haddan ortiq foydalanish yaramaydi. Undan ma'lum vaziyatlarda foydalangan ma'qul.

 

Tartibsiz turmak

Sochingiz biroz kirlangan paytda buni tartibsiz turmak bilan ham yashirish mumkin. Bunda sochlarni tepaga qattiq tortib yig'ib olish kerak emas. Bu, aksincha, sizni sotib qo'yadi.

Turmak uchun sizga qizil rangdagi to'g'nag'ich kerak bo'ladi. To'g'nag'ich e'tiborni sochlaringizga emas, balki o'ziga tortadi.

 

Niqoblar, niqoblar va yana niqoblar…

Sochlar o'zini tiklashida niqoblarning o'rni yuqori. Bunda uy sharoitida tayyorlangan niqoblarning foydasi katta. Muhimi, o'zingizning soch turingizga mos niqob tanlay olishingizda.

Yog'li niqob

3 osh qoshiq kanakunjut, zaytun, chakanda moyini aralashtiring va biroz qizdirib, soch ildizi hamda uchlariga suring. 30 daqiqadan so'ng shampun bilan yuvib oling. Niqob quruq sochlarga yaxshi parvarish bo'la oladi.

Qatiqli niqob

Buvilarimiz yaxshi ko'rgan qatiq sochlar uchun eng yaxshi vosita ekani, shubhasiz. Bunda qatiqning o'zidan ham niqob tayyorlashingiz yoki unga qo'shimcha mahsulot qo'shishingiz mumkin. Qatiqqa tuxum sarig'i, kanakunjut, zaytun, chakamug' yog'idan qo'shib, niqob tayyorlansa ham uning foydasi yanada oshadi.



Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: haqida, bilmaganlar, Sochlar parvarishi, Siz
Просмотров: 1149 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz