Alisher Fayz: Bu yilgi konsertimda raqqosa Parizodaga atab bir nechta qo‘shiq kuylayman


Alisher Fayz 17—22-may kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Sevgi hikmati” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Xonanda Konsert arafasida “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida raqqosa Parizodani klip va konsertlariga muntazam taklif etishi, unga atab qo‘shiqlar aytishi sabablarini ma’lum qildi.

— Raqqosa Parizoda bilan juda mos partnyorsiz. Lekin muxlislaringiz sizni qizg‘anishadi, rafiqangiz-chi?
— Oilada ijodimning bu jihatlarini yo‘lga qo‘yib olganman. Shaxsan o‘zimga Parizodaning kliplarda qahramonining fe’lini to‘laqonli yetkazib bera olishi yoqadi. Muxlislarning qizg‘anishi zamiridagi ularning befarq emasligi yoqimli. Bu yilgi konsertimda Parizodaga atab bir emas, bir nechta qo‘shiq kuyladim.

— Parizodaga atab har yili qo‘shiq kuylashingizning boshqa sababi ham bormi?
— (Xandon otib kulib) buning sababini konsertimda qo‘shiq orqali aytaman.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Alisher Fayz
Просмотров: 1452 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz